KNAUF bilan Quruvchilar kuni

Quruvchilar kuni bilan!-1.1766e6b1e035eaf95827e94850bcf14b1441.jpg

KNAUF bilan Quruvchilar kuni: bolalar va kattalar uchun tadbirlar, foto zonalar va san'at hududi.

Toshkentda 8 avgust kuni Central Park bog'ida qurilish sohasi ishchilarining kuni nishonlanadi. Bu kunga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirning diqqatga sazovor qismi tashrif buyuruvchilarni Savitskiy muzeyi uzra olib o’tuvchi 20 metrli tunnel bo'ladi.

Bu yil an'anaviy KNAUF bayrami KNAUF QK21 (KNAUF Quruvchilar Kuni) deb nomlanadi. 8 avgust kuni bayram Toshkentda bo'lib o'tadi va 9-14 avgust kunlari O'zbekiston viloyatlariga ko'chib boradi. Tashkilotchilar shaharliklardan xavfsizlik choralarini (niqob taqish, masofani saqlash) unutmaslikni so'rab qoladilar.

8 avgust kuni soat 18:00dan 22:00gacha Central Parkka tashrif buyuruvchilar (Toshkent):

  • Savitskiy muzeyining durdonalari jonlanadigan san'at hududiga tashrif buyuring;
  • shaxsiy sharjlar (hazilomuz suratlar)ga ega boʼling (professional sharjchining koʻzi bilan sizning tasviringiz);
  • bo'yoq to'plari yordamida mavhum rasm chizing (bu juda qiziqarli jarayon!);
  • bolalar mahorat darsida gipsdan qoʻl mehnati buyumlarini yasang (bolalar buni yaxshi ko'radilar);
  • basketbol halqasiga uloqtirishlarning aniqligini tekshiring;
  • katta hajmli boʻyash kitobini boʻyab, dunyoni yorqinroq qiling;
  • KNAUF ijodiy foto zonalarida suratga tushing;
  • esdalik sovg'asiga ega boʻling.

Mashg'ulotlar Central parkning markaziy xiyoboni bo'ylab, asosiy favvora yonida bo'lib o'tadi. KNAUFning barcha tadbirlari bepul.

Bayram haqida tafsilotlar - bayram sahifalarida:

Facebook  | Instagram   | Telegram  

Ma‘lumotnoma:

O’zbekiston Prezidentining 2017 yil 7-avgustdagi «O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash to’g’risidagi» farmoniga muvofiq, 2017 yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanbasi “Qurilish sohasi xodimlari kuni” deb e’lon qilindi. Kasb bayrami “respublikamizda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, qurilish sohasida erishilgan yutuqlarni keng ko’lamda targ’ib qilish va mutaxassislarni rag’batlantirish” maqsadida belgilangan. 2017 yil 21 dekabr kuni «O’zbekiston Respublikasida Qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to’g’risidagi” Qonun qabul qilindi.

KNAUF kompaniyasi haqida:

KNAUF – halqaro kompaniya bo’lib, oilaviy biznes tamoyillariga asosan tashkil topgan va o’zining global miqyosdagi faoliyatiga qaramasdan ushbu qadriyatlarni saqlab qolgan. Bugungi kunda KNAUF halqaro guruhi dunyodagi eng yirik qurilish mollari ishlab chiqaruvchilaridan biridir. 1993 yilda KNAUF o’z investitsion faoliyatini Rossiyada boshlagan,  keyinchalik Ukraina, Qozog’iston, O’zbekiston, Ozarbayjon va Gruziyada korxonalar sotib olingan va tashkil topilgan. Marketing faoliyati barcha MDH davlatlarida, Gruziya va Mongoliyada tarqalgan. MDH mamlakatlaridagi barcha KNAUF korxonalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan bo’lib, halqaro guruh doirasida yagona ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalaniladi va yuqori sifatga ega qurilish mollari ishlab chiqariladi. Sifat standartlari Germaniyadagi KNAUF korxonalari hamda MDH davlatlaridagi korxonalar uchun yagonadir.

www.knauf.uzwww.knauf.ruwww.knauf.com saytlarida O’zbekistondagi KNAUF kompaniyasi, MDH davlatlari va dunyodagi KNAUF kompaniyalari to’g’risida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.