Birgalikda kelajak sari

KNAUF OʻQUV MARKAZI

KNAUF Oʻquv markazi (KNAUF OʻM) – KNAUF korxonasining UMS tomonidan tasdiqlangan unifikasiya qilingan oʻquv dasturlari boʻyicha taʻlim, shuningdek KNAUF mahsulotlarini qoʻllash masalalari boʻyicha konsultasiya berishni amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

Birinchi KNAUF Oʻquv markazi oʻz faoliyatini 1995-yilda Krasnogorsk shahri (Moskva oblasti) da boshlagan boʻlib, hozirgi vaqtda KNAUF oʻquv markazlari Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston va Oʻzbekiston Respublikalarining turli shaharlarida joylashgan. KNAUF oʻquv markazlarida mashgʻulotlar tajribali, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi, ushbu mutaxassislarning koʻpchiligi fanlar nomzodi va doktori unvonlariga ega. Yaxshi jihozlangan auditoriyalar va ustaxonalarda Sizni pardozlash ishlarining eng zamonaviy texnologiyalariga oʻrgatadilar. Oʻqish muddati 2 kundan 5 kungacha (tanlangan dasturga qarab). Oʻqish boshlovchi quruvchilarga ham, mutaxassislarga ham foydali boʻladi. Oʻqish yakunlari boʻyicha KNAUF sertifikati beriladi

KNAUF MASLAHAT MARKAZI

KNAUF maslahat markazi (KNAUF MM) – arxitektura-qurilish va texnika oliy oʻquv yurtlari negizida faoliyat yurituvchi, talabalar, mutaxassislar va muhandis-texnik xodimlar oʻqishi va/yoki malaka oshirishi oʻtkaziladigan KNAUF texnologiyalari boʻyicha oʻquv markazi hisoblanadi.

Bu yerda muhandislik bilimlarini oʻzlashtirish, konsultasiyalar olish, KNAUF texnologiyalari boʻyicha malaka oshirish mumkin. Oʻquv-konsultasiya faoliyatidan tashqari, ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish amalga oshiriladi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalar hamda oʻquv-ishlab chiqarish va sinov poligonlari tashkil etilgan. KNAUF Konsultasiya markazida oʻquvchilar KNAUF sertifikatidan tashqari, davlat namunasidagi hujjatlarni olishlari mumkin, oʻquv dasturlari esa koʻpincha KNAUF Oʻquv markaziga nisbatan yana-da batafsily va mazmunga boy oʻtkaziladi.

Далее

O’QUV MARKAZLARI VA MURABBIYLAR

KNAUF akademiyasi

KNAUF kompaniyasining yagona standartlari asosida ishlaydigan KNAUF o'quv saytlari (o'quv, maslahat va resurs markazlari) tarmog'ini shakllantirdi, u yerda iste'molchi KNAUF materiallari va texnologiyalari bilan ishlash bo'yicha ko’nikmalar, KNAUF mahsulotlaridan foydalanish bo'yicha maslahatlar, zamonaviy o'quv qo'llanmalari, me'yoriy texnik hujjatlarni olishi va natijada mehnat bozoridagi o’zlarining malakasini va raqobatbardoshligini oshirishi mumkin.

KNAUF texnologiyalari bo’yicha o'qitish markazlari

O’quv kurslari

Professional ishchi yoki yangi pardozchi, xususiy quruvchi yoki qurilish xoldinglarining muhandis-texnik xodimlari, shuningdek, qurilish-arxitektura ta'lim tashkilotlarining talaba va o'qituvchilari hamda KNAUF mahsulotlari iste’molchilarining boshqa toifalari KNAUF texnologiyalari bo’yicha o'qitish markazlarida ta’lim olishlari mumkin. Markazlarimiz eng zamonaviy uskunalar, eng yangi o'quv materiallari, amaliy ishlar uchun stendlar, inshootlarning vizual modellari bilan jihozlangan. O'quv jarayoni ikki qismdan iborat: nazariy va amaliy. Nazariy qism materiallar va inshootlarning xususiyatlarini, ularning iste'mol sifatlari va imkoniyatlarini o'rganishga qaratilgan. Ko’p vaqt ajratiladigan amaliy qismda talabalarga ustoz-murabbiylar rahbarligida mustaqil ravishda qurilish ishlarini ham maketlar yordamida, ham haqiqiy qurilish maydonchasi sharoitida amalga oshirishga imkon beradi. O'qitish qisqa muddatli standart dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi (1 kundan 5 kungacha). Asosiy dasturlardan tashqari, mintaqaning o'ziga xos xususiyatlari, turli darajadagi bilim va ish tajribasiga ega muayyan buyurtmachini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maxsus dasturlar mavjud.

Kursni toppish