Birgalikda kelajak sari

KNAUF OʻQUV MARKAZI

KNAUF Oʻquv markazi (KNAUF OʻM) – KNAUF korxonasining UMS tomonidan tasdiqlangan unifikasiya qilingan oʻquv dasturlari boʻyicha taʻlim, shuningdek KNAUF mahsulotlarini qoʻllash masalalari boʻyicha konsultasiya berishni amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

Birinchi KNAUF Oʻquv markazi oʻz faoliyatini 1995-yilda Krasnogorsk shahri (Moskva oblasti) da boshlagan boʻlib, hozirgi vaqtda KNAUF oʻquv markazlari Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston va Oʻzbekiston Respublikalarining turli shaharlarida joylashgan. KNAUF oʻquv markazlarida mashgʻulotlar tajribali, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi, ushbu mutaxassislarning koʻpchiligi fanlar nomzodi va doktori unvonlariga ega. Yaxshi jihozlangan auditoriyalar va ustaxonalarda Sizni pardozlash ishlarining eng zamonaviy texnologiyalariga oʻrgatadilar. Oʻqish muddati 2 kundan 5 kungacha (tanlangan dasturga qarab). Oʻqish boshlovchi quruvchilarga ham, mutaxassislarga ham foydali boʻladi. Oʻqish yakunlari boʻyicha KNAUF sertifikati beriladi

KNAUF MASLAHAT MARKAZI

KNAUF maslahat markazi (KNAUF MM) – arxitektura-qurilish va texnika oliy oʻquv yurtlari negizida faoliyat yurituvchi, talabalar, mutaxassislar va muhandis-texnik xodimlar oʻqishi va/yoki malaka oshirishi oʻtkaziladigan KNAUF texnologiyalari boʻyicha oʻquv markazi hisoblanadi.

Bu yerda muhandislik bilimlarini oʻzlashtirish, konsultasiyalar olish, KNAUF texnologiyalari boʻyicha malaka oshirish mumkin. Oʻquv-konsultasiya faoliyatidan tashqari, ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish amalga oshiriladi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalar hamda oʻquv-ishlab chiqarish va sinov poligonlari tashkil etilgan. KNAUF Konsultasiya markazida oʻquvchilar KNAUF sertifikatidan tashqari, davlat namunasidagi hujjatlarni olishlari mumkin, oʻquv dasturlari esa koʻpincha KNAUF Oʻquv markaziga nisbatan yana-da batafsily va mazmunga boy oʻtkaziladi.

Далее

Oʻqitish markazlari

BUXORODAGI KNAUF AXBOROT-MASLAHAT MARKAZI

batafsil

TOSHKENT QURILISH-KOMMUNAL KASB-HUNAR KOLLEJIDAGI KNAUF OʻQUV MARKAZI

batafsil

TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTIDAGI KNAUF KONSULTASIYA MARKAZI

batafsil

SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTIIDAGI KNAUF MASLAHAT MARKAZI

batafsil