Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ)

KNAUF-plita – A tipidagi (GQP-A) gipsli qurilish plitasi. Devorni qoplash, pardevorlar, osma shiftlarni hosil qilish, shuningdek dekorativ va shovqinni yutuvchi mahsulotlarni tayyorlashga moʻljallangan qurilish-pardozlash materiali.

KNAUF-plita (GQP-A) SNiP 23-02-200 boʻyicha quruq va normal namlik rejimiga ega xonalarda, masalan mehmonxona, yotoqxona, dahliz va boshqalarda pardevorlar, osma shiftlar, devor qoplamalarini hosil qilish uchun ishlatiladi. GQPO qoʻllash orqali “hoʻl” jarayonlarni bartaraf etish va taʼmirlash-pardozlash ishlari muddatini qisqartirish mumkin.

- Tekis yuzalarni oson hosil qilish.

- Dekorativ pardozlash va ogʻir buyumlarni mahkamlash uchun ishonchli asos.

- Murakkab arxitektura yechimlarini va egri chiziqli yuzalarni amalga oshirish imkoniyati.

- Xonada inson uchun ijobiy mikroiqlim.
Yoyish