Diqqat! Sayt yangilanmoqda. Saytning ayrim boʻlimlari vaqtinchalik aks etmasligi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!
Korxonalar oilasi

FALSAFA

Doimiy ravishda innovatsiyalarni izlash va ilg'or texnologik yechimlarni joriy etishga tayyorlik KNAUFning biznes strategiyasini belgilaydi. KNAUF doimiy ravishda qurilish va pardozlash texnologiyalarini takomillashtirish va ularning samaradorligini yanada oshirish ustida tinimsiz ishlamoqda.

«KNAUF» — bu kompleksli yechimlar, eng kichik detallarigacha o’ylab chiqilgan, qurilish uchun uyg’un tizimlardir. Ajralib turuvchi xususiyatlari: innovatsionlik, energiya samaradorligi, tejamkorlik, ishonchlilik va chiroyli dizayndir.

«Hamkorlik» asl ma’nosi KNAUF uchun mijozlar bilan munosabatlarni anglatadi. KNAUF o'z bozorini, shu bilan birga hamkorlarining bozorini ham biladi. Strategiyalar, texnologiyalar, hamma narsa hamkorlar bilan muloqotda belgilanadi. KNAUF uchun eng muhimi bozordagi hamkorlari bilan yaqin shaxsiy aloqalardir.

Далее
Bizning tariximiz

TARIX

An'analar va innovatsiyalar birligi

Asoslar

Dastlab tabiiy gipsni qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi KNAUF quruq qurilish, izolyatsiyalash va qurilish aralashmalari bilan ishlov berish sohasida yechimlar taklif qiluvchi kompaniyalar guruhiga aylandi. Va bu hali to'liq ro'yxat emas.

Далее

QADRIYATLAR

Biz sertifikatga egamiz

Biz samarali va muvaffaqiyatli faoliyat olib boruvchi kompaniyamiz. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini, atrof-muhit va sog’liqni muhofaza qilishni, bizdagi faoliyat turida band shaxslarning xavfsizligini va ijtimoiy qo’llab quvvatlanishini ta’minlash bo’yicha majburiyatlarimiz ushbu muvaffaqiyatning kaliti hisoblanadi.

Batafsil

Ijtimoiy mas'uliyat

Ijtimoiy mas'uliyat — dunyoning qaysi mintaqasi haqida so’z borishidan qat'iy nazar, KNAUF faoliyatining ajralmas ta'rifidir. Mehnat xavfsizligiga oid qat’iy korporativ standartlar, xodimlarga g'amxo'rlik qilish va faxriylarga yordam berish, KNAUF korxonalari joylashgan tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashish - ushbu tushunchaning umumiy tarkibiy qismlaridir.

Batafsil
Далее

TABIATGA NISBATAN G’AMXO’R MUNOSABATDA BO’LISH

Ekologiya

Gips asosidagi mahsulot ishlab chiqaruvchilari atrof-muhit muxofazasiga qo'shgan hissalari bilan faxrlanadilar. Tabiiy resurslarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish va foydalanilgan gips konlarini qayta tiklashning hozirgi an'analari qatoriga ishlab chiqarish va qurilish chiqindilarini qayta tiklash va ishlatishni ham kiritish mumkin.