TABIATNI AVAYLASH

Gips asosida mahsulot ishlab chiquvchilar atrof-muhitni muxofaza qilishga oʻz xissasini qoʻshayotganidan faxrlanishadi. Amaldagi tabiiy resurslarni avaylab asrash anʼanasi va ishlatilgan gips konlarini rekultivatsiyalash regeneratsiyalash hamda ishlab chiqarish va qurilish chiqindilaridan qaytadan foydalanish bilan toʻldirib boriladi.

KNAUF firmasi Rossiyadagi investitsion faoliyatining boshidan atrof-muhitni muhofaza qilish choralarini koʻrib bordi. Korxonalarimiz ekologik faoliyatining asosiy vazifasi atrof-muhitga zararli taʼsirni kamaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha qonun va qoidalar talablarini bajarishdir.

Gips bogʻlovchisi va quruq qurilish aralashmalari, KNAUF-qoplamalari, KNAUF-superqoplamalari, KNAUF-gips plitalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar zamonaviy va chiqindisiz, yuqori samarali chang ushlab qoluvchi moslamalar bilan jixozlangan korxonalar sifatida tavsiflanadi.

KNAUF mahsulotlarini ishlab chiqarishning kengaytirish davrida tabiatni muhofaza etuvchi tadbirlar quyidagi boʻldi:

  • ustki oqova suvlarini tozalash inshootlarini qurish va ishga tushirish;
  • korxonaning sanoat maydonchalarida suv taʼminlash suv almashish tizimli va tozalash inshootlari mavjud avtoyuvish xonalarini qurish;
  • gips changi chiqaradigan manbalarni yuqori samarali gazdan tozalash uskunalari bilan jihozlash.

«Oʻlchovlar birligini taʼminlash toʻgʻrisida» gi qonun talablariga muvofiq korxonalardagi sanitar laboratoriyalar atmosfera havosiga chiqarililayotgan gazlar meʼyorlari nazoratini bajarishi yuzasidan davlat attestatsiyasidan oʻtkazildi.

Gips suvoqlarini qurilishlarga yetkazish uchun maxsus konteynerlarning ishlatilishi tashlab yuboriladigan qogʻoz qadogʻi xajmlarini kamaytiradi. Ishlatiladigan qadoqlash materiallari miqdorini kamaytirish va ularni ikkilamchi qayta ishlash yanada koʻproq ahamiyat kasb etmoqda.

Tarkibida gips boʻlgan qayta ishlangan qurilish chiqindisi uchun koʻpgina ishlatish sohalari as qotadi. Masalan yoʻl qurilishida ishlatiladi. Uning chiqindi joylarida ishlatilishi metan chiqishini kamaytiradi. Boshqa qurilish materiallari barcha qurilish chiqindilarning ancha qismini tashkil etgani bois biz qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi boshqa sohalardagi hamkasblar bilan yaqin hamkorlik olib boramiz. Bu esa gips sanoatining jamiyat oldidagi javobgarligiga yana bir misoldir.