Diqqat! Sayt yangilanmoqda. Saytning ayrim boʻlimlari vaqtinchalik aks etmasligi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

Bizdagi ish

Далее

BIZDAGI ISH

KNAUF guruhining MDHdagi kadrlar tayyorlash siyosati xodimlar mutaxassisligi boʻyicha yuksalishiga yoʻnaltirilgan. Bu siyosatda faqatgina tashkilot ichida emas, balki KNAUF-ning MDH va xalqaro guruhida faoliyat olib borishga imkoniyat beriladi.

Biz guruhlarning muvaffaqiyatli ishini qoʻllab-quvvatlashga harakat qilamiz, bu ularning faoliyatida yaxshi imkoniyatlar tugʻdiradi.

Endigina ish boshlovchi va malakali xodimlarni saralash doimiy olib boriladi. Nomzodlarning maʻlumoti va kasbiy mahoratiga talab yuqori darajaga qoʻyiladi. Ularning barchasida quyidagi sifatlarni qidiramiz:

  • mutuxassislikda ham, martabada ham keyingi muvaffaqiyatlarga va taʻlim olishga intilishda yuqori daraja boʻlishlik;
  • sheriklar, hamkasblar hamda mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar oʻrnatishda epchillik koʻrsatish;
  • ham mustaqil, ham guruhlarda ishlashni bilishlik;
  • ish jarayonida yuqori kasbiy standartlarni saqlab qolishga intilishlik.

KNAUF oʻzining xodimlariga zarur boʻlgan bilimlarni, koʻnikmalarini, malakani berish uchun xoh mustaqil, xoh xalqaro ekspertlar yordamida turli treninglar va seminarlar oʻtkazishni taklif etadi. Chet tilida soʻzlashishni oʻrganish va mukammalashtirish uchun KNAUF oʻzining xodimlariga maxsus til kurslarini amaliy amaliyot bilan oʻtashga imkon beradi.

OCHIQ VAKANSIYALAR

TASHQI SAVDO MENEJERI
Xizmat koʻrsatish mintaqasi –Surxondaryo viloyati Termiz sh.

Asosiy vazifalari:

  • Mintaqada qurilayotgan, loyihalashtirilayotgan va qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlar haqida axborot toʻplash va tahlil qilish
  • Masʼuliyati doirasida boʻlgan qurilish obyektlari, loyiha va arxitektorlik byurolarini borib koʻrish
  • Obyektda KNAUF mahsulotlarini ishlatish yuxasidan birlamchi texnik konsultatsiyalar oʻtkazish
  • Qurilish firmalari, loyiha va arxitektorlik byurolarida seminarlar tashkil etish va oʻtkazish, KNAUFning yangi mahsulotlari boʻyicha mijozlarga axborot taqdim etish
  • Loyiha tashkilotlari va arxitektorlar uchun KNAUF materiallari va texnologiyalarini qoʻllash yuzasidan zarur boʻlgan oʻquv tadbirlari, koferensiyalar, doira suhbatlarini tashkil etish va oʻtkazish
  • KNAUF materiallarini ishlatuvchi obyektlarda qurilish bosqichida KNUF materiallarini ishlatilishini kuzatib borish va nazorat qilish
  • Qabul qilingan marketing strategiyasiga muvofiq KNAUF mahsulotlarini sotish yoʻllarini kengaytirish
  • Dilerlarga mahsulot yetkazib berish tenderlardagi ishtdirogida koʻmak berish
  • Barcha qurilish obyektlari, mijozlar va raqiblar boʻyicha CRM maʼlumotlar bazasini yuritib borish.
  • Rahbariyatga muntazam hisobdorlik

Nomzodga qoʻyiladigan talablar:

  • Bilishi lozim tillar: rus, oʻzbek. Chet tillarini bilishi olqishlanadi.
  • Oliy texnik maʼlumot, ustuvor yo’nalish – qurilish
  • Sotuvdagi ish tajribasi 2 yildan ortiq, iloji boʻlsa qurilish sohasida
  • Tijorat bitimlarini tuzish shartlari, savdo va sotiqning zamonaviy shakl va uslublarini bilish
  • PK – MS Office ni ishonchli boshqara oladigan
  • Mahsulotni oʻtkaza olish koʻnikmalari
  • Xarid jarayonlarini tushuna bilishi
  • Muomala qilishning kuchli koʻnikmalari va muzokara olib borish koʻnikmalariga egalik
  • Motivatsiya, intizom va tashkillashganlik
  • Yuqori darajada mijozga eʼtiborlilik
  • «V» toifali haydovchilik ruxsatnomasi

Ish haqqi brutto 4,8 mln sum KTU bilan.