NKMKning Toshkentdagi Biznes-markazi

Toshkent

Biznes-markaz — bu umumiy maydoni 30.000 kv. metrli barcha zamonaviy talablarga javob beradigan 14 qavatli koʻp funksiyali binodir.  Bir necha oʻn yil mobaynida sobiq “choʻzilib ketgan qurilish” ning metallik karkasi poytaxt tashqi koʻrinishini faqat buzib turar edi. Bugun esa Oʻzbekiston poytaxtining qoq markazida joylashgan ushbu oppoq bino Toshkent aholisi va mehmonlarining koʻzlarini quvontiradi.

Biznes-markazni barpo etishda KNAUF-qoplamalar (gipskarton) ishlatildi va KNAUF qurilish texnologiyalari qoʻllanildi.