Weiter

KNAUF sifat menejmenti tizimi

KNAUF Sharqiy Yevropa va MDH guruhidagi faoliyatining boshidanoq jarayonlarning samaradorligiga katta eʼtibor qaratildi: agar ular toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, bozor mos narxdagi va tegishli sifatdagi mahsulotni olishi kafolatlanadi. Bozordagi jadal oʻzgarishlar kompaniyaning barcha yoʻnalishlaridagi, xususan xom ashyo va materiallarni yetkazib beruvchilarni tanlash va ular bilan sifat borasida hamkorlikda ish olib borishdan tortib, isteʼmolchilardan soʻrovnomalar olish va shu asosda tizimni har tomonlama tahlil qilish va takomillashtirishgacha boʻlgan jarayonlarni doimiy ravishda takomillashtirishni talab qiladi.

Tizimning ishlashini tekshirish ichki va tashqi auditlar doirasida amalga oshiriladi, ularning natijalari sifat menejmenti tizimini doimiy ravishda takomillashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

KNAUF Vostok guruhining koʻplab korxonalari oʻn yildan ortiq vaqt davomida ISO 9001 standarti boʻyicha sertifikatlangan va hozirda barcha korxonalarni bir butun sifatida birlashtiradigan sertifikatlashtirishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Bunda biznes foydasi ishlab chiqarishda shaffof, optimal biznes jarayonlarini yaratish hisoblanadi.

Sifat borasidagi siyosat

Bu sifat menejmenti tizimining asosiy hujjatlaridan biri boʻlib, u kompaniya faoliyatining eng muhim yoʻnalishlarini va kompaniya oʻzining sifat menejmenti tizimini yaratishda amal qiladigan tamoyillarni namoyish etadi.

Hujjatni yuklab olish