Diqqat! Sayt yangilanmoqda. Saytning ayrim boʻlimlari vaqtinchalik aks etmasligi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

Qadriyatlar – muvaffaqiyatimiz asosi

Далее

Kompaniyamiz oʻtgan yillar mobaynida KNAUF faoliyatini barqaror rivojlantirishga koʻmaklashgan quyidagi tamoyillarga va qadriyatlarga sodiqligini saqlab kelmoqda: «ishga sodiqlik», «insoniylik», «hamkorlik» va «tadbirkorlik ruhi». Ushbu qadriyatlar kelgusida ham muvaffaqiyatlarimiz garovi boʻlib qolishiga ishonchimiz komil. Har bir xodim ular toʻgʻrisida xabardor, ularga qoʻshiladi va oʻz faoliyatida muhim tamoyillarga amal qiladi, shu tarzda kompaniyaning KNAUF muvaffaqiyatlar yoʻlidan olib boradigan ruhini saqlab qoladi.

Ishga sodiqlik

Har bir xodimning ishga sodiqligi – kompaniya muvaffaqiyati va taraqqiyoti garovi.

Biz oʻz ishimizga masʻuliyat bilan yondashamiz va har tomonlama oʻylab koʻrilgan qarorlar qabul qilamiz. Biz munosib natijalarga erishish uchun koʻproq ishlashga va oʻz mijozlarimizga sifatli qarorlarni tavsiya etishga har doim tayyormiz.

Insoniylik

Insoniylik – odamlarni qanday boʻlsa, shundayligicha qabul qilish va qadrlash. Bizdagi farqlar bizni kuchliroq qiladi.

Xodimlarimiz, amaliy hamkorlarimiz va mijozlarimiz – KNAUF yaxlit katta oilasi boʻlib, bunda adolatlilik, qadr-qimmat va hurmat bilan munosabatlar yuqori qadrlanadi. Bizning insoniyligimiz shundaki, bir-birimizga, jamiyatimizga va atrof-muhitga gʻamxoʻrlik koʻrsatamiz. Insoniylik – jipslashgan jamoa uchun muhim fazilat.

Sheriklik

Hamkorlikda koʻproq natijalarga erishamiz.

Hamkorlik – bu, birinchi navbatda, bir-biriga ishonch va har qanday vaziyatda bir-biriga suyanish imkoniyati. Biz masʻuliyatni oʻzimizga olishga va birgalikda qarorlar qabul qilishga tayyormiz. Biz – bitta jamoamiz. Biz uchun oʻzaro yordam – muvaffaqiyatning zarur sharti.

Tadbirkorlik ruhi

Tashabbuskor odam uchun harakatsizlik omadsizlikdan yomonroq.

Biz tadbirkormiz, natija sari intilganmiz va tavakkal qilishga tayyormiz – aynan ushbu jihatlar kichik oilaviy firmaning global kompaniyaga aylanishiga imkoniyat yaratdi. Biz har doim oʻz ishimizni yana-da yaxshiroq bajarishga intilamiz, biz ijobiy oʻzgarishlarga va yangiliklarga ochiqmiz. Shu tufayli muvaffaqiyat doimiy yoʻldoshimizga aylandi.