Diqqat! Sayt yangilanmoqda. Saytning ayrim boʻlimlari vaqtinchalik aks etmasligi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

“ME’MOR//2021” II ME'MORCHILIK KO‘RIK-TANLOVI

Memor_2021_uz_973x352.1766e6b1e035eaf95827e94850bcf14b1437.jpg

Barqaror meʼmorchilik – shaharsozlikka bo‘lgan ongli yondashuv

Ko‘rik-tanlovda meʼmorchilik-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga litsenziyasi bo‘lgan meʼmorlar, meʼmorlik byurolari, studiyalar, ustaxonalar, qurilish va loyihalash tashkilotlari, restavratorlar va developerlarning, shuningdek dizaynerlar, sohaga oid OTM talabalari va jurnalistlarning bepul qatnashishlari nazarda tutilgan.

Tanlov to‘g‘risidagi asosiy maʼlumotlar, qatnashish uchun ariza va materiallarni shakllantirishga bo‘lgan talablar  Tanlovning rasmiy saytiga https://memor2021.uz  joylashtirilgan

Tanlovda qatnashish uchun ariza elektron shaklda  Tanlovning rasmiy saytida https://memor2021.uz barcha qoidalarga qat'iy amal qilgan holda ro‘yxatdan o‘tgandan keyin beriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalardan iborat:

  • - Uy-joy va jamoat binolari va inshootlari (qurilgan binolar, loyihalar)
  • - Xususiy Meʼmorchilik (qurilgan binolar, loyihalar)
  • - Shahar hududlarini obodonlashtirish (amalga oshirilgan loyiha, loyihalar)
  • - Sohaga oid OTM talabalarining tanlovi
  • - Jurnalistlar uchun “Meʼmorchilik ommaviy axborot vositalarida” tanlovi

Tanlovning xronologiyasi:

  • - Tanlovning o‘tkazilish muddati: 2021-yil 01 maydan 17-sentyabrgacha 
  • - Ariza berish muddati: 2021-yil  01-maydan 31-iyulgacha 
  • - Tanlovga materiallarni taqdim etish muddati: 2021-yil 01-maydan 31- iyulgacha*
  • - Ekspertlik kengashining ish muddati: 2021 yil 1-avgustdan 31-avgustgacha
  • - Tanlov hakamlar hay'atining ish muddati: 2021-yil 1-sentyabrdan 15-sentyabrgacha
  • - Mukofotlash marosimi 2021-yil 17-sentyabrda o‘tkaziladi.

*Ko‘rsatilgan tegishli muddatlardan keyin materiallar qabul qilinmaydi. 

Muvaffaqiyat tilab, “Me’mor//2021” tanlovi tashkilotchilari!

Bog‘lanish uchun ma'lumotlar:

E-mail: info@memor2021.uz

Sayt: www.memor2021.uz