Diqqat! Sayt yangilanmoqda. Saytning ayrim boʻlimlari vaqtinchalik aks etmasligi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

KNAUF ONLINE FEST 2020

Online_fest_973x352.1766e6b1e035eaf95827e94850bcf14b443.jpg


KNAUF Quruvchilar kuni munosabati bilan onlayn festival o’tkazadi

Onlayn ko’rinishdagi bayram tadbirlari an’anaviy tarzda O’zbekistonning barcha viloyatlarini qamrab oladi. Festival dasturidan foydali mahorat darslari, sovg’alar ila tanlovlar, xayriya aksiyasi hamda respublika miqyosida o’tkaziladigan mashhur Mozgoboynya o’yini o’rin olgan.

Quruvchilar kuniga bag’ishlangan KNAUF ONLINE FEST 2020 ilk marotaba onlayn ko’rinishda o’takzilib, 10-16 avgust kunlari bo’lib o’tadi.

"O’zbekistonda KNAUF kompaniyasi Quruvchilar kunini har yili keng miqyosda nishonlab keladi. Biz ushbu yaxshi an’anani buzmagan holda bu yili ham katta festival haftaligini o’tkazishga qaror qildik. KNAUF ONLINE FEST 2020ning barcha tadbirlari onlayn ko’rinishda bo’lib o’tadi. Yashash joylari qayerda bo’lishidan qat’iy nazar barcha o’zbekistonliklar bayram tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin bo’ladi. Quruvchilar kunini uydan chiqmay va o’z salomatligingizni asragan holda nishonlang,” – deya, murojaat qildi, KNAUFning O’zbekistondagi  korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko.

KNAUF ONLINE FEST 2020 qatnashchilarini nimalar kutyapti:

  • - TikTokda raqs flesh-mobi;
  • - Facebookda fotosuratlar tanlovi. Eng qiziqarli fotosuratlar poytaxtning LED-ekranlarida namoyish etiladi;
  • - radioviktorinalar;
  • - KNAUFdan qimmatbaxo mukofotlar va sovg’alar;
  • - xayriya aksiyasi. KNAUF Quruvchilar kuniga bag’ishlab Instagramda maxsus yuz niqobi loyihasini ishga tushirdi. Ushbu yuz niqobidan foydalangan holda videoga olingan har bir storis evaziga kompaniya Ezgu Amal xayriya jam’garmasi hisobiga 5 ming so’m miqdorida mablag’ o’tkazadi;
  • - qiziqarli Mozgoboynya. Oila a’zolaringiz yoki do’stlaringiz bilan onlayn-jangda ishtirok eting!
  • - foydali mahorat darslari;
  • - DJ Piligrim, “Setora” guruhi, DJ Petishka, DJ BACARDIlardan chiqishlar.

Tanlovlar g’oliblari 16 avgust kuni bayram konsertining to’g’ridan-to’g’ri uzatiladigan efirida randomayzer yordamida aniqlanadilar.

KNAUF ONLINE FEST 2020 onlayn festivalining batafsil dasturi saytida joylashtirilgan.

Ma‘lumotnoma:

O’zbekiston Prezidentining 2017 yil 7-avgustdagi «O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash to’g’risidagi» farmoniga muvofiq, 2017 yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanbasi “Qurilish sohasi xodimlari kuni” deb e’lon qilindi. Kasb bayrami “respublikamizda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, qurilish sohasida erishilgan yutuqlarni keng ko’lamda targ’ib qilish va mutaxassislarni rag’batlantirish” maqsadida belgilangan. 2017 yil 21 dekabr kuni «O’zbekiston Respublikasida Qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to’g’risidagi” Qonun qabul qilindi.

KNAUF kompaniyasi haqida:

KNAUF – halqaro kompaniya bo’lib, oilaviy biznes tamoyillariga asosan tashkil topgan va o’zining global miqyosdagi faoliyatiga qaramasdan ushbu qadriyatlarni saqlab qolgan. Bugungi kunda KNAUF halqaro guruhi dunyodagi eng yirik qurilish mollari ishlab chiqaruvchilaridan biridir. 1993 yilda KNAUF o’z investitsion faoliyatini Rossiyada boshlagan,  keyinchalik Ukraina, Qozog’iston, O’zbekiston, Ozarbayjon va Gruziyada korxonalar sotib olingan va tashkil topilgan. Marketing faoliyati barcha MDH davlatlarida, Gruziya va Mongoliyada tarqalgan. MDH mamlakatlaridagi barcha KNAUF korxonalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan bo’lib, halqaro guruh doirasida yagona ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalaniladi va yuqori sifatga ega qurilish mollari ishlab chiqariladi. Sifat standartlari Germaniyadagi KNAUF korxonalari hamda MDH davlatlaridagi korxonalar uchun yagonadir.

www.knauf.uz, www.knauf.ru, www.knauf.com saytlarida O’zbekistondagi KNAUF kompaniyasi, MDH davlatlari va dunyodagi KNAUF kompaniyalari to’g’risida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.