Diqqat! Sayt yangilanmoqda. Saytning ayrim boʻlimlari vaqtinchalik aks etmasligi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

KNAUF ISHLAB CHIQARISHGA 2,2 MILLION YEVRO

noviy_meshki_973х352.1766e6b1e035eaf95827e94850bcf14b437.jpg

KNAUF gips qorishmalarini ishlab chiqarishga 2,2 million yevro miqdorida qo’shimcha sarmoya kiritmoqda

"KNAUF GIPS BUXORO" QK MChJ O'zbekistonda gips qorishmalarini yanada ko’proq miqdorda ishlab chiqarishni qaror qildi. Shu maqsadda kompaniyaning 2019-2020 investitsiya dasturiga muvofiq gips tayyorlash boyicha ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirildi  va qo'shimcha gips qorishmalari liniyasini quriladi.

Buxoro zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish to'g'risidagi qarori KNAUF suvoq’i va shpaklyovkasiga bo’lgan talabning ortib borishi sabab bo’ldi. Modernizatsiya uchun Yevropa va Rossiya ishlab chiqaruvchilarining uskunalaridan foydalanildi.

"2019 yilda KNAUF 110 ming tonna gips qorishmalarini sotdi, bu 2018 yildagi ko’rsatkichga nisbatan 29 foiz ko'proqdir. Tahlilchilar bu yil sotuvlar 130 ming tonnaga yetishini taxmin qilmoqdalar. Sifatli qurilish materiallariga ortib borayotgan talabni qondirish uchun biz O'zbekistonda gips qorishmalarini ishlab chiqarishga yana 2,2 million yevro miqdorida qo’shimcha sarmoya kiritishga qaror qildik. Bugungi kunga qadar 1,3 million yevro miqdorida mablag' o’zlashtirildi.

Shuningdek, kelgusi oylarda KNAUF kompaniyasi “Rotband” suvoq  qadog’i dizaynini o'zgartirishni rejalashtirmoqda. Buning sabablaridan biri - KNAUF kabi chet ellik investor soxta mahsulotlardan aziyat chekmoqda. Amaldagi jazo choralari intellektual mulk huquqlari buzilishini to'xtata olmaypti", - deya, fikr bildirdi KNAUFning O'zbekistondagi korxonalari bosh direktori Dmitriy Deripalko.

Gips ishlab chiqaruvchi uskunalarining Ikkinchi kompeksli ishga tushirilishi 2019-yilning oxiriga to’g’ri keldi. Quruq qorishmalarning qo'shimcha liniyasini ishga tushirish 2020-yil avgust oyida rejalashtirilgan. Amalga oshirilgan modernizatsiya KNAUF suvoqlari va shpaklyovkalari ishlab chiqarilishini yiliga 200 ming tonnagacha oshiradi.

 

KNAUF kompaniyasi haqida:

KNAUF - oilaviy biznes tamoyillariga asoslangan va global miqyosda faoliyat yuritishiga qaramasdan, ushbu qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq boʻlganxalqaro kompaniyadir. Bugungi kunda KNAUF xalqaro guruhi qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchidunyodagi eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 1993-yilda KNAUFning Rossiyadagi investitsiya faoliyati boshlandi, keyinchalik Ukraina, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Gruziyada korxonalar sotib olina va tashkil etila boshlandi. Marketing faoliyati MDH ning deyarli barcha mamlakatlari, Gruziya va Moʻgʻulistonda davom etdi. MDH mamlakatlaridagi KNAUF korxonalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, yagona ishlab chiqarish mezonlari asosidayuqori sifatli qurilish materiallari ishlab chiqaradilar.

Oʻzbekiston, MDH mamlakatlari va dunyodagi KNAUF guruhi haqidagi batafsil maʼlumotni quyidagi veb-saytlardan topishingiz mumkin: www.knauf.uz , www.knauf.ru , www.knauf.com .