Diqqat! Sayt yangilanmoqda. Saytning ayrim boʻlimlari vaqtinchalik aks etmasligi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

Xalqaro hakamlar hay'ati eng yaxshi ishlarini aniqladi

Xalqaro hakamlar hay'ati Me'mor//2021 me'morchilik ko'rik-tanlovining eng yaxshi ishlarini aniqladi

Tanlovning short-listidan 67ta ish 5ta yo'nalishda g'oliblik uchun kurash olib bordi. Tanlov O'zbekiston me'morlar uyushmasi ko'magida "KNAUF GIPS BUXORO" MChJ XK tomonidan tashkil etildi.

2021-yilning 17-sentyabrida O'zbekiston amaliy san'at muzeyida Me'mor//2021 me'moriy loyihalarning II ko'rik-tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston, Rossiya, Ukraina, Niderlandiya va Isroil ekspertlaridan iborat xalqaro hakamlar hay'ati 2019-2021-yillarda amalga oshirilgan me'morchilik va dizayn sohasidagi eng yaxshi loyihalarni aniqladi. Hakamlar hay'atiga Tatariston Prezidentining yordamchisi, Tatariston Respublikasi jamoat joylarini rivojlantirish dasturi kuratori Natalya Fishman-Bekmambetova raislik qildi.

"KNAUF Me'mor ko'rik tanlovini ikkinchi marotaba o'tkazmoqda. U me'morchilik, landshaft va interyer dizayni sohasidagi eng yaxshi ishlarni ochib beradi. Bu yilgi tanlovning mavzusi barqaror me'morchilikka bag'ishlandi. Me'mor//2021 doirasida biz atrof muhitga zarar yetkazmaslik, energiyani tejash, resurslardan oqilona foydalanish va tabiatga minimal ta'sir ko'rsatish tamoyillarini hisobga olgan holda, qulay turar-joy va jamoat joylarini yaratadigan iqtidorli me'morlar va dizaynerlarni rag'batlantiramiz", - dedi O'zbekistondagi KNAUF korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko.

Short-listga 56ta me'morchilik va dizayn loyihalari, 9ta talabalik ishi va 2ta jurnalistik materiallar kiritilgan. 8 ta loyiha mualliflari Me'mor//2021 g'oliblari bo'ldilar.

"Uy-joy va jamoat binolari va inshootlari" nominatsiyasi

  • - Eng yaxshi amalga oshirilgan ob’ekt: turar-joy majmuasi, bino, jamoat binosi, inshoot — ARCHISAD ENGINEERING AND DESIGN me’morchilik va dizayn studiyasining Nurafshon shahridagi SQB banki binosi.

Mualliflik jamoasi: Viktoriya Zemtsova, Maksim Oltyan, Davron Tolipov

  • - Jamoat maydonida amalga oshirilgan eng yaxshi interyerlik ishi — ARC Architects me’morchilik byurosining Kanishka Start do’koni

Muallif: Bobir Qlichev

  • - Eng yaxshi loyiha: turar-joy majmuasi, jamoat binosi, inshoot — ARC Architects me’morchilik byurosining KB_Kindergarden loyihasi.

Mualliflik jamoasi: Bobir Qlichev, Anastasiya Pyagay, Farrux Shodmonov.

"Xususiy me'morchilik" nominatsiyasi

  • - Eng yaxshi amalga oshirilgan ob’ekt: shaxsiy turar-joy binosi — NUFUZ me'moriy -loyiha kompaniyasi uyining loyihasi.

Muallif: Shaxzod Miyzomov

  • - Shaxsiy turar-joy binosining eng yaxshi loyihasi — SS MEMORS ARCHITECTURE me’morchilik byurosining uy loyihasi

Muallif: Sardorbek Sodiqov.

"Shahar hududlarini obodonlashtirish" nominatsiyasi

  • - Hovli maydonini obodonlashtirish — Sanperro Rasotti kompaniyasining "Matematiklar bog'i" tematik bog'ining landshaft dizayni kontseptsiyasi

Muallif: Mirakbar Jo’rayev

"Sohaga oid OTM talabalarining eng yaxshi ishi" nominatsiyasi

  • - Diplom, kurs va boshqa loyihalar — Business Center.

Muallif: Shaxzod Rahmatov

"Me'morchilik bo'yicha eng yaxshi jurnalistik material" nominatsiyasi

  • - "O'zbekiston qanday qilib barqaror urbanizatsiyaga erishishi mumkin" maqolasi, Anhor.uz.

Muallif: Anvar Muhammadjanov

Shuningdek, hakamlar hay'ati ARC Architects me'morchilik byurosining Ethno village loyihasini (mualliflar Bobir Qlichev, Anastasiya Pyagay, Oybek Madullayev) va Baxtiyor Nasimovning (Nasimov.com) "Toshdagi musiqaga befarqlik" maqolasini alohida mukofotlar bilan qayd etdi.

KNAUF kompaniyasi haqida:

KNAUF - oilaviy biznes tamoyillariga asoslangan va global miqyosda faoliyat yuritishiga qaramasdan, ushbu qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan xalqaro kompaniyadir. Bugungi kunda KNAUF xalqaro guruhi qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 1993-yilda KNAUFning Rossiyadagi investitsiya faoliyati boshlandi, keyinchalik Ukraina, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Gruziyada korxonalar sotib olina va tashkil etila boshlandi. Marketing faoliyati MDH ning deyarli barcha mamlakatlari, Gruziya va Moʻgʻulistonda davom etdi. MDH mamlakatlaridagi KNAUF korxonalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, yagona ishlab chiqarish mezonlari asosida yuqori sifatli qurilish materiallari ishlab chiqaradilar.

Oʻzbekiston, MDH mamlakatlari va dunyodagi KNAUF guruhi haqidagi batafsil maʼlumotni quyidagi veb-saytlardan topishingiz mumkin: www.knauf.uz, www.knauf.ruwww.knauf.com.

Short-list