Diqqat! Sayt yangilanmoqda. Saytning ayrim boʻlimlari vaqtinchalik aks etmasligi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

KNAUFning yangi zavodi Farg'ona vodiysining iqtisodiy salohiyatini oshiradi

Farg’ona, 20.07.2022

Dunyodagi eng yirik gips asosidagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi KNAUF o'zining O'zbekistondagi uchinchi zavodini ishga tushirdi. Yangi korxonada nemis texnologiyasi va yuqori ekologik standartlarga muvofiq yuqori sifatli gips qurilish plitalari va quruq gips aralashmalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.

2022-yil 20-iyul kuni Farg'ona vodiysida KNAUFning O'zbekistondagi uchinchi zavodining tantanali ochilishi bo'lib o'tadi. Har yili 17 million m2 gips qurilish plitalari va 40 ming tonna quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarishga qodir korxona noyob modulli texnologiya asosida 2,5 yilda qurildi. Bu bozor ehtiyojlariga javob bergan holda ishlab chiqarishni kengaytirishni osonlashtiradi. Zavodda 55 kishi ish bilan ta'minlangan. Investitsiya miqdori 18,7 million yevroni tashkil qiladi.

Yangi ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Farg'onaga KNAUF kompaniyasining mulkdori Nikolaus Knauf, KNAUF guruhining boshqaruvchi hamkori Uve Knotser tashrif buyuradi, O'zbekistondagi GFR elchisi Tilo Klinner taklif qilingan. Faxriy mehmonlar sifatida O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va mahalliy ma'muriyat vakillari ishtirok etadilar.

Tantanali tadbir munosabati bilan qilgan murojaatida KNAUF guruhining boshqaruvchi hamkori Uve Knotser shunday dedi: "Biz O'zbekistonning jadal rivojlanayotganini g'ayrat bilan kuzatamiz, ishlab chiqaruvchilar va investorlar ishini yaxshilashga ko'maklashadigan eng muhim islohotlar izchil amalga oshirilayotganini ko'rmoqdamiz. Bularning barchasi bizga mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va uning aholisi farovonligining oshishiga ishonch beradi. 2022-yilda O'zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan KNAUF korxonalari qatoriga zamonaviy xalqaro standartlar asosida qurilgan yuqori darajadagi samaradorlik va ekologik xavfsizlikka ega yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qodir uchinchi korxona qo'shilmoqda. Farg'ona vodiysida KNAUF ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish viloyat aholisini eng yaxshi sharoitlarda jahon darajasidagi sifatli qurilish uchun xaridorgir mahsulotlar bilan ta'minlashga imkon beradi".

KNAUFning O'zbekistondagi korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko: "Bu yerda zavod paydo bo'lishidan oldin KNAUF mahsulotlari Farg'onaga Buxorodan olib kelinar edi, bu esa qo'shimcha logistika xarajatlarini talab qilar edi. Korxonani yaratish viloyat iqtisodiyotiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatishi kerak: ishlab chiqarish uchun gips toshi mahalliy konlardan olinadi, unda mahalliy aholi ishlaydi, hozirda zarur xom ashyo va butlovchi qismlarni yetkazib beradigan, transport, tozalash va boshqa xizmatlarni ko'rsatadigan yana 20 ta pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzilgan".

Farg'ona vodiysidagi KNAUF korxonasi KNAUF xalqaro guruhida qabul qilingan eng zamonaviy standartlarga muvofiq loyihalashtirilgan. Bu ishlab chiqarish siklining barcha bosqichlarini - ishlab chiqarish madaniyati va ekologik xavfsizlikni o’z ichiga oladi. KNAUF xalqaro guruhining barcha korxonalari atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha milliy me'yorlarga va kompaniyaning global standartlariga rioya qiladilar. Farg'onadagi zavodda so'nggi avlod chang yig'ish qurilmalari ham mavjud, bu "changli shleyflar" paydo bo'lishining oldini oladi.

Ishlab chiqarish faoliyatidan tashqari KNAUF zamonaviy qurilish texnologiyalarini ommalashtirish shuningdek quruvchi, ishchi va muhandis kasbining nufuzini oshirishga ham katta e'tibor qaratmoqda.

O'zbekistonda KNAUFning Buxoro va Toshkentda ikkita xususiy o'quv markazi, Toshkent va Samarqandda KNAUF maslahat markazlari faoliyat ko'rsatmoqda. Kompaniya qurilish profilidagi yettita OTM va 8 ta kollej bilan hamkorlik qiladi.

KNAUF mamlakatning barcha hududlarida ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishni rejalashtirmoqda.

Bog'lanish uchun:

Sayt: knauf.uz
Telegram: t.me/Knaufuzbekistan
Instagram: @knaufuz
Facebook: fb.com/knaufuz

KNAUF guruhi 1993-yildan beri MDH davlatlari hududida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro kompaniya hisoblanadi. Bugungi kunda KNAUF guruhi dunyodagi eng yirik gips asosidagi qurilish pardozlash materiallarini ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

www.knauf.ru

KNAUF O'zbekistonda

2005-yilda KNAUF firmasi "Buxorogips" OAJ ning davlat aksiyalari paketini sotib olish bo'yicha tanlovda g'olib bo'ldi va fond bozorida qo'shimcha xariddan so'ng jamiyat aksiyalarining nazorat paketiga ega bo'ldi. Modernizatsiyadan so'ng 2009-yildan boshlab "Buxorogips" korxonasida gips asosidagi mashhur KNAUF quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarish boshlandi.

2011-yil sentyabr oyida Buxoro shahridagi KNAUF GIPS korxonasida KNAUF-listlarini ishlab chiqarish bo'yicha yangi zavodni ishga tushirish tantanali marosimi bo'lib o'tdi, 2018-yilda esa ishlab chiqarish quvvatlarining oshish munosabati bilan rekonstruksiya qilindi.

KNAUF guruhining barcha uchta korxonalariga va gipsli tosh konlariga kiritgan umumiy sarmoyasi 90 million yevrodan oshdi.

O'zining O'zbekistondagi faoliyati boshidanoq KNAUF zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallari bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga sarmoya qiladi. KNAUF O'zbekistonda KNAUFning to'plam tizimlarini turli darajalarda qo'llash bo'yicha – Buxoro va Toshkentdagi oz o'quv markazlari, Toshkent va Samarqanddagi ikkita maslahat markazlari yordamida, shuningdek, 8 ta kollej va qurilish profilidagi 7ta OTM bilan hamkorlik orqali ta'lim olib boradi.

www.knauf.uz