Murojaat

Bugun, 2022-yilning 22-fevral sanasida, Toshkent shahridagi bir qator axborot tarqatuvchi Telegram kanallarda M-5 dahasida joylashgan “Matonat” mahallasida istiqomat qiluvchi aholining №65, 70, 71-uylar orasida joylashgan mahalla hududidagi noqonuniy qurilishga doir qoidabuzarlikni bartaraf etishda yordam so’rab yo’llagan jamoaviy murojaati tarqaldi.

Mazkur xatda “noqonuniy qurilish”ni amalga oshirayotgan quruvchi tashkilot sifatida (aholi xatidan istibos) yanglish tarzda “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ nomi tilga olinadi.

“Matonat” mahallasida yashayotgan aholining jamoaviy murojaatida “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ nomi “noqonuniy quruvchi” sifatida yanglish tarzda tilga olingan, davlat organlari, OAV va “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ XK kompaniyasi vakillari ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvda mahalla aholisi ham bu faktni tan olgan.

Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona boʻlgan “KNAUF GIPS BUXORO” XK MCHJ qurilish materiallarini ishlab chiqaradi, biroq hech qanday qurilish ishlarini olib bormaydi.