Qoʻllanish sohasi
- Xonalarni quruq usulda pardozlashda ishlatiladi;
- S 111 pardevorlarini barcha olovbardoshlilik darajalaridagi va istalgan hududlarda, xususan seysmik joylardan quriladigan turar-joy, fuqaro va sanoat binolarida SNiP 23-02-2003 bo’yicha quruq va normal rejimdagi xonalarda yengil ichki to’suvchi konstruksiya sifatida ishlatish tavsiya etiladi;
- S 111 pardevorlarining analogi KNAUF (Germaniya) ishlab chiqargan W 111 konstruksiyalari hisoblanadi.
- olovbardoshlilik va tovush izolyatsiyasiga yuqori talablar mavjud bo’lmagan pastqam binolarda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Issiqlik, tovush va yongʻinga qarshi izolyatsiya talablari mavjud boʻlganda, gipskarton qoplamalar orasidagi pardevor boʻshligʻi mineral toladan iborat izolyatsiyalovchi material bilan toʻldiriladi.
Pardevorlarning hosil bo’lgan yuzasiga turli pardozlash vositalarini (bo’yoq, gulqog’oz, keramik plita, strukturali suvoq va boshqalar) qo’llash mumkin.
Montaj jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- pol, shift va tayanch devor boʻylab oʻrnatilagan pardevorning loyihaviy holatini belgilash;
- S 111 pardevori karkasini montaj qilish;
- karkas ichida turgʻun uskunani mahkamlash uchun elektr simlar va oʻrnatma detallarni montaj qilsh;
- karkasning bir tarafida vertikal gipskarton KNAUF-qoplamalarni (GKQ) oʻrnatish va mahkamlash;
- loyihada koʻzda tutilgan boʻlsa, ustunlar orasidagi boʻshliqda izolyatsiyalovchi materialni mahkamlash.
-
Karkasning boshqa tarafiga gipskarton KNAUF-qoplamalarni (GKQ) oʻrnatish va mahkamlash.
- gipskarton KNAUF-qoplamalar (GKQ) orasidagi choklarni toʻldirish va bezakli pardozlashdan oldin yuzani gruntlash;
- pardevorning bezakli pardozlash ishlari toza pol tayyor boʻlgach amalga oshiriladi.
Tavsiyalar
Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin, barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.
Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi, shu bilan birga, devorga suv tikka tushadigan joylarda (hammom) qoplama yuzalarini KNAUF-Flexendixt gidroizolyatsiyasi bilan qoplash lozimligini hisobga olish kerak.
Elektr simlari shift karkasi fazosiga joylashtirish paytida, ularning karkasning oʻtkir qirrali chetlari yoki gipskarton qoplamalarni mahkamlayotganda burama mixlar bilan shikastlanishini bartaraf etish lozim (ГКЛ).