P 232

KNAUF-Fayerbord plitalaridan ikki qatorli metall karkasdagi osma shift

  • Bir kvadrat metr shiftning vazni – 13 kg atrofida;
  • karkasni tayanch shiftga mahkamlash nuqtalari orasidagi maksimal masofa– 1200 mm;
  • yuk koʻtaruvchi profillar oʻqi orasidagi maksimal masofa - 500 mm;
  • asosiy profillar oʻqi oʻrtasidagi maksimal masofa - 500 mm.

Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni:

  • (1) KNAUF-Fayrboard plitasi - 1,0 m2;
  • (2) KNAUF-profil PSh 60×27- 3,2 pog.;
  • (3) Profil uzaytirgich- 0,6 dona;
  • (4) Ikki sathli tutashtirgich- 2,3 dona;
  • (5) Yigʻmada nonius-osma - 1,3 dona;
  • (6) Ankerli element- 1,3 dona;
  • (7**) LN 9 burama mixi (toʻgʻri osmada) - 2,6 dona;
  • (8) Burama mix TN 25 - 17 dona;
  • (9) Shishatolali oʻzaklovchi tasma - 1,2 pog.m.;
  • (10) KNAUF-Uniflot shpaklyovkasi- 0,4 kg;
  • (11) KNAUF-Tifengrund gruntovkasi- 0,1 l;
  • (12) Ajratuvchi tasma-* pog.m.;

*   miqdori bino perimetriga mos keladi.

** Rasmda pozitsiya aks etmagan.

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan.

Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

KNAUF-Fayerbord plitasining asosiy vazifasi –  yongʻinning alanga olishiga toʻsqinlik qilib, shu orqali odamlarning koʻchirilishini taʼminlashdir. Bugungi kunda bozorda taqdim etilgan oʻtda yonmas materiallar ichida faqat u alanga bilan kurashda oʻzining samaradorligini isbotlagan. Bundan tashqari, shuni taʼkidlash joizki, KNAUF-Fayerbord mutlaqo xavfsiz ekologik material hisoblanadi.

KNAUF-Fayerbord plitalarining standart yongʻin xavfsizligi sinovlari shartlarida boshqa qoplama gips materiallardan asosiy farqi shundaki, gips oʻzagidan kristallsimon namlik bugʻlangandan keyin materialda yoriq hosil boʻlmaydi va uzoqroq vaqt davomida u vayron boʻlmaydi.

Kuchaytirilgan gips oʻzakdan tashqari, bunga buyumda olovbardosh oʻzaklovchi karkas vazifasini bajaruvchi oʻtda yonmas shishaxolst orqali erishiladi. KNAUF-Fayerbord plitalarining bu xususiyati konstruksiyalarning yanada yuqori olovbardoshliligini taʼminlaydi.

Qoʻllanilishi

KNAUF-Fayerbord pardevor, devor qoplamalari, poʻlat konstruksiyalarning (ustun va toʻsin) yongʻindan himoyalovchi berkitmalarida va evakuatsiya yoʻlkalaridagi osma har xil maqsad, qavatlilik va sigʻimlilikka ega turli binolarning zal xonalarida, shuningdek yongʻin xavfsizligiga oid talablarga binoan KM0 yongʻin xavfi sinfidagi yonmaydigan qurilish materiallari ishlatiladigan boshqa qurilish inshootlarida karkas-qoplama konstruksiyalarda olovbardosh qoplama materiali sifatida qoʻllanadi. Talab maʼlumotlari jadvalda keltirilgan. 2003-yilning 22-iyulida qabul qilingan Rossiya Federatsiyasining N 123-F3-sonli “Yongʻin xavfsizligiga oid talablar toʻgʻrisidagi texnik reglament” nomli Nizomining 28 va 29-ilovalari

KNAUF-Fayerbord – bu texnik xonalarni, ayniqsa alangalanish xavfi mavjud joylarni: qozonxona, ustaxona, garaj, dudburon oʻrinlari va boshqalarni pardozlash uchun optimal yechim. Bu materialdan yasalgan devorlar yongʻinni bitta xonada tutish va alangani tashqariga chiqarmaslikka xizmat qiladi.

Yevropa KNAUF-Fayerbord uzoq yillardan buyon ishlatiladi. Uni ofis va savdo markazlaridagi zaxira chiqishlarida, yaʼni evakuatsiya yoʻllari oʻtuvchi joylarda keng qoʻllashadi. Bundan tashqari, uni mavjud devor konstruksiyalariga mahkamlanuvchi qoʻshimcha yonmas qoplama sifatida ham ishlatish mumkin.

Batafsil maʼlumot bilan “Yuklab olish” boʻlimida tanishing.

Butun tavsif

KNAUF P 232 komplekt tizimi – ikki qatorli metall karkasda osma shift hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir.

Shiftning asosiy qurilish elementlari:

  • KNAUF-Fayrboard plitasi;
  • Shift uchun metall PSh 60x27 va yoʻnaltiruvchi PY 28x27 profillari KNAUF-profillari.

Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing.

Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:

osma shiftning tayanch shiftga osmalar yordamida mahkamlangan asosiy elementlari va KNAUF-Fayerboard plitalaridan berkitma qotiriladigan yuk koʻtaruvchi profillar turli darajalarda joylashadi.

Zaruratga qarab ikki sathli berkitmani yasashda ichki qatlam gipskarton qoplamalarini ishlatish mumkin. Issiqlik va tovush izolyatsiyasini kuchaytirish uchun karkas boʻshligʻiga oʻtda yonmas mineral plitalar joylashtirilishi mumkin.

Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.

P 232 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi, qatʼiy sifat nazoratidan oʻtkaziladi, komplekt tizimida muayyan vazifaga moslashtirilib, uzoq foydalanish davrida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.