Har xil turdagi binolarda, xususan qayta tiklash va yangi qurilish ishlarida quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
- pardozlash;
- konstruktiv-planli vazifalar yechimi;
- orayopmadagi notekisliklarni bartaraf etish;
- muhandislik kommunikatsiyalarni berkitib joylashtirish;
- orayopmalarning tovushni izolyatsiyalovchi xususiyatlarini oshirish;
- akustikani yaxshilash;
- orayopmalar va yuzalarning olovbardoshliligini oshirish;
Montaj jarayoni
Montaj jarayoni quyidagi ish bosqichlarini oʻz ichiga oladi:
- osma shift karkasining loyihaviy holatini belgilash;
- karkasni yig’ish va mahkamlash;
- gipskarton KNAUF-qoplamalarni (GKQ) loyihaviy holatga oʻrnatish va karkasga mahkamlash;
- gipskarton KNAUF-qoplamalar (KNAUF-superqoplamalar) orasidagi choklarni toʻldirish va zarur holatda osma shift yuzasini yaxlit shpaklyovkalash;
- boʻyash yoki bezakli qoplamni surtishdan oldin osma shift yuzasini gruntlash.
Tavsiyalar
Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin, barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.
Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi.
Elektr simlarini pardevor karkasi boʻshligʻida tortishda vaqtida gipskarton KNAUF-qoplamalar mahkamlanayotganda ular karkas elementlarining oʻtkir qirralari yoki burama mixlar bilan shikastlanmasligi kerak.
P 113 osma shiftlarini boʻyash ishlarini suv-dispersli boʻyoqlar bilan bajarish tavsiya etiladi. Ohakli boʻyoqlar yoki suyuq shisha asosidagi boʻyoqlarni qoʻllash mumkin emas.
Batafsil maʼlumot bilan “Yuklab olish” boʻlimida tanishing.