P 131 shift

Bir qavat karkasda KNAUF-qoplamalardan oʻzi yuk koʻtaruvchi osma shift.  KNAUF komplekt tizimi.

  • Bir kvadrat metr shiftning vazni 16 kg atrofida.
  • Yuk koʻtaruvchi profillar oʻqi oʻrtasidagi maksimal masofa - 500 mm.
  • Xonaning maksimal eni (oraliq) –  4,25 metrgacha.

Komplekt tizim tarkibi - m² uchun soni:

  • (1) KNAUF-qoplama (GQP-A, GQP-H2, GQP-DF) 12,5 mm yoki KNAUF-superqoplama (GTQ, GTQN) 10,0 mm - 1,0 m²;
  • (2) KNAUF-profil PY 50×40 (75×40, 100×40) - 0,7 pog. m;
  • (3) KNAUF-profil PU 50×50 (75×50, 100×50) - 2,3 [4,0] pog. m;
  • (4) PY va PU profillarni toʻsuvchi konstruksiyalarga mahkamlash uchun dyubel - 4,5 dona;
  • (5) LB burama mixi PY va PU profillarni biriktirish uchun 1,7 [3,2] dona;
  • (6) LB burama mixi PU profillarini oʻzaro biriktirish uchun - [3,0] dona;
  • (7) TN 25 burama mixi (MN 30 burama mixi — GTQ uchun) - 19 dona;
  • (8) KNAUF-Fugen shpaklyovkasi (KNAUF-Fugen GB — GTQ uchun) - 0,3 kg;
  • (9) Oʻzaklovchi tasma - 1,0 pog. m;
  • (10) Zichlovchi tasma - * pog. m;
  • (11) Ajratuvchi tasma - * pog. m;
  • (12) KNAUF-Tifengrund gruntovkasi - 0,1 kg;
  • (13) KNAUF-Insuleyshn mineral tolali tovush izolyatsiyasi - ** m2;

* Miqdor xona perimetriga mos.

** Buyurtmachi ehtiyojiga qarab.

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan.

[ ] Kvadrat qavslardagi qiymatlar juft profillardan yasalgan karkaslar uchun berilgan.

Izoh: P131 (P231) osma shiftlar materiallarining sarfi  2,5х10=25 m² yuza hisob-kitobiga asosan keltirilgan; GQP qalinligi 12,5 mm (GTQ = 10,0 mm) boʻlganda bichishga, xonaning Т-, L-simon kesmalarini shakllantirishga ketadigan sarflarni hisob olmaganda.

Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • P 131 (P 231) komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasi, yaʼni osma shift barpo etish ishlarini yanada toʻgʻri, sifatli va tejamkor tarzda bajarish imkonini beradi.
  • Osma shiftni barpo etish paytida nam sharoitda bajarilishi zarur boʻlgan har qanday noqulay jarayonlar toʻxtatilishi lozim.
  • mehnat unumdorligi sezilarli darajada oshadi.
  • Bino konstruksiyasini yengillashtirish hisobiga qurilishga ketadigan umumiy xarajatlar qisqaradi.
  • Cheksiz tasavvurdagi va turfa variantdagi arxitektura yechimlarini amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.
  • Tayyor shiftning pardozlangan yuzalari yuqori sifat darajasiga ega.
  • P 131 (P231) osma shiftlarning yuzasi har qanday pardozlash ishlariga, xususan boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish, bezakli suvoqqa yaroqli.
  • Xonaning issiqlik va tovushni izolyatsiyalovchi xususiyatlari yaxshilanadi.
  • Faqatgina ekologik tozalik taʼminlanibgina qolmay, xona inson uchun ijobiy mikroiqlim ham yaratiladi. Komplekt tizimining asosiy materiali gipskarton KNAUF-qoplama (gipstolali KNAUF-qoplama) oʻzidan havo oʻtkazib, ortiqcha namlikni shimib, tanqislikda uni tashqi muhitga chiqarish xususiyatiga ega.

Qoʻllanilishi

Har xil turdagi binolarda, xususan qayta tiklash va yangi qurilish ishlarida quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  • dahliz shaklidagi xonalarni pardozlash (eni maksimal 4,25 m);
  • konstruktiv-planli vazifalar yechimi;
  • orayopmadagi notekisliklarni bartaraf etish;
  • muhandislik kommunikatsiyalarni berkitib joylashtirish;
  • orayopmalarning tovushni izolyatsiyalovchi xususiyatlarini oshirish;
  • akustikani yaxshilash;
  • orayopmalar va yuzalarning olovbardoshliligini oshirish;
  • shift fazosini minimallashtirish.

Montaj jarayoni

Montaj jarayoni quyidagi ish bosqichlarini oʻz ichiga oladi:

  • osma shift karkasining loyihaviy holatini belgilash;
  • karkasni yig’ish va mahkamlash;
  • KNAUF-qoplamalarni loyihaviy holatga oʻrnatish va karkasga mahkamlash;
  • KNAUF-qoplamalar (KNAUF-superqoplamalar) orasidagi choklarni toʻldirish va zarur holatda osma shift yuzasini shpaklyovkalash;
  • boʻyash yoki bezakli qoplamni surtishdan oldin osma shift yuzasini gruntlash.

Tavsiyalar

Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin,  barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.

Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi.

Elektr simlarini pardevor karkasi boʻshligʻida tortishda vaqtida gipskarton KNAUF-qoplamalar mahkamlanayotganda ular karkas elementlarining oʻtkir qirralari yoki burama mixlar bilan shikastlanmasligi kerak.

P 131 (P 231) osma shiftlarini boʻyash ishlarini suv-dispersli boʻyoqlar bilan bajarish tavsiya etiladi. Ohakli boʻyoqlar yoki suyuq shisha asosidagi boʻyoqlarni qoʻllash mumkin emas.

Batafsil maʼlumot bilan “Yuklab olish” boʻlimida tanishing.

Butun tavsif

KNAUF P 131 (P 231 komplekt tizimi – bir qatorli metall karkasda yuk koʻtaruvchi osma tayanchga mahkamlanmaydigan oʻz yukni koʻtaruvchi osma shift hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir.

Shiftning asosiy qurilish elementlari:

  • gipskarton KNAUF-qoplama (gipstolali KNAUF-superqoplama);
  • Yoʻnaltiruvchi PY 50 (75,100)x40 va ustun PU 50 (75,100)x50 metall KNAUF-profillar.

Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing.

Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari: osma shiftning asosiy profillari xonani ajratuvchi konstruksiyalarning uzun tomoniga mahkamlanadi. P 131 (P 231) osma shiftning asosiy profillari KNAUF pardevor tizimlarining PY-profillari hisoblanadi. 
Osma shiftning yuk koʻtatuvchi profillari asosiy profillarga qoʻyilib, LB burama mixlari bilan birlashtiriladi va ularga gipskarton KNAUF-qoplama (KNAUF-superqoplama) mahkamlanadi.

P 131 (P 231) osma shiftning yuk koʻtaruvchi profillari KNAUF pardevor tizimlarining PU-profillari hisoblanadi.

Bitta yuk koʻtaruvchi profil sifatida bitta Pu-profil yoki oʻzaro devorlar orasida LB burama mixi bilan maksimal 750 mm masofadan juftlangan ikkita PU-profil boʻlishi ham mumkin.

Issiqlik va tovush izolyatsiyasini kuchayitirish uchun karkas boʻshligʻiga oʻtda yonmas mineral plitalar joylashtirilishi mumkin.

Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.

P 131 (P 231) komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.