S 111 pardevori

KNAUF-qoplamalaridan bir qator metall karkasda bir qatlam devor qoplamasi

  • 1 kv. metr uchun massasi –  28 kg atrofida; 
  • pardevorning maksimal balandligi – maks 8 m*; 
  • pardevor qalinligi – maks 125 mm; 
  • tovush izolyatsiyasi indeksi, Rw – 50 dB; 
  • olovbardoshlilik chegarasi: – EI 45 (KNAUF-qoplama GQP-A qoʻllanganda).
  • olovbardoshlilik chegarasi: – EI 60 (KNAUF-qoplama GQP-DF qoʻllanganda). 

* Karkas profillari o`lchamidan va ustunlar qadamidan kelib chiqqan holda. 

Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni: 

  • (1) KNAUF-qoplama (GQP-A, GQP-H2, GQP-DF) 12,5 mm - 4,0 m²; 
  • (2) KNAUF-profil PY 50×40 (75×40, 100×40) - 0,7 [1,3] pog. m; 
  • (3) KNAUF-profil PU 50×50 (75×50, 100×50) - 2,0 pog. m; 
  • (4) “Akustik pardevor” (“AkustiKNAUF”) mineral tovush izolyatsiyasi - 1,0 m²; 
  • (5) TN 25 burama mixi - 29 [34] dona.; 
  • (6) KNAUF-Fugen shpaklyovkasi - 0,6 [0,9] kg; 
  • (7) Oʻzaklovchi tasma - 1,5 [2,2] pog. m; 
  • (8) Dyubel mix 6×40 - 1,6 dona; 
  • (9) Zichlovchi tasma - 1,2 pog. m; 
  • (10*) KNAUF-Tifengrund gruntovkasi - 0,2 l; 
  • (11*) KNAUF-profil BH - ** dona; 
  • (12*) Ajratuvchi tasma - ** pog. m. 

* Rasmda pozitsiya aks etmagan. 

**  Buyurtmachi ehtiyojiga qarab. 

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan 

[ ] Qavslarda pardevor balandligi gips qurilish plitasi uzunligidan katta boʻlgan holatlarga doir qiymatlar keltirilgan. 
Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • S 111 komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasi, yaʼni toʻsuvchi konstruksiyani yaratish ishlarini yanada toʻgʻri, sifatli va tejamkor tarzda bajarish imkonini beradi. 
  • Pardevorni yaratish paytida nam sharoitda bajarilishi zarur boʻlgan har qanday noqulay jarayonlar toʻxtatilishi lozim. 
  • mehnat unumdorligi sezilarli darajada oshadi. 
  • Bino konstruksiyasini yengillashtirish hisobiga qurilishga ketadigan umumiy xarajatlar qisqaradi. 
  • Cheksiz tasavvurdagi va turfa variantdagi arxitektura yechimlarini amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. 
  • Tayyor pardevorning pardozlanadigan yuzalari yuqori sifat darajasiga ega. 
  • C 111 pardevorining yuzasi har qanday pardozlash ishlariga, xususan boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish, bezakli suvoqqa yaroqli. 
  • Xonaning issiqlik va tovushni izolyatsiyalovchi xususiyatlari yaxshilanadi. 
  • Faqatgina ekologik tozalik taʼminlanibgina qolmay, xona inson uchun ijobiy mikroiqlim ham yaratiladi. Komplekt tizimining asosiy materiali gipskarton KNAUF-qoplama oʻzidan havo oʻtkazib, ortiqcha namlikni shimib, tanqislikda uni tashqi muhitga chiqarish xususiyatiga ega. 

Qoʻllanilishi

Qoʻllanish sohasi

  • Xonalarni quruq usulda pardozlashda ishlatiladi;
  • S 111 pardevorlarini barcha olovbardoshlilik darajalaridagi va istalgan hududlarda, xususan seysmik joylardan quriladigan turar-joy, fuqaro va sanoat binolarida SNiP 23-02-2003 bo’yicha quruq va normal rejimdagi xonalarda yengil ichki to’suvchi konstruksiya sifatida ishlatish tavsiya etiladi;
  • S 111 pardevorlarining analogi KNAUF (Germaniya) ishlab chiqargan W 111 konstruksiyalari hisoblanadi.
  • olovbardoshlilik va tovush izolyatsiyasiga yuqori talablar mavjud bo’lmagan pastqam binolarda qo’llash maqsadga muvofiqdir.

Issiqlik, tovush va yongʻinga qarshi izolyatsiya talablari mavjud boʻlganda, gipskarton qoplamalar orasidagi pardevor boʻshligʻi mineral toladan iborat izolyatsiyalovchi material bilan toʻldiriladi. 

Pardevorlarning hosil bo’lgan yuzasiga turli pardozlash vositalarini (bo’yoq, gulqog’oz, keramik plita, strukturali suvoq va boshqalar) qo’llash mumkin. 

Montaj jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 

  • pol, shift va tayanch devor boʻylab oʻrnatilagan pardevorning loyihaviy holatini belgilash; 
  • S 111 pardevori karkasini montaj qilish; 
  • karkas ichida turgʻun uskunani mahkamlash uchun elektr simlar va oʻrnatma detallarni montaj qilsh; 
  • karkasning bir tarafida vertikal gipskarton KNAUF-qoplamalarni (GKQ) oʻrnatish va mahkamlash; 
  • loyihada koʻzda tutilgan boʻlsa, ustunlar orasidagi boʻshliqda izolyatsiyalovchi materialni mahkamlash. 
  • Karkasning boshqa tarafiga gipskarton KNAUF-qoplamalarni (GKQ) oʻrnatish va mahkamlash. 
  • gipskarton KNAUF-qoplamalar (GKQ) orasidagi choklarni toʻldirish va bezakli pardozlashdan oldin yuzani gruntlash; 
  • pardevorning bezakli pardozlash ishlari toza pol tayyor boʻlgach amalga oshiriladi. 

Tavsiyalar

 Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin,  barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.

Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi, shu bilan birga, devorga suv tikka tushadigan joylarda (hammom) qoplama yuzalarini KNAUF-Flexendixt gidroizolyatsiyasi bilan qoplash lozimligini hisobga olish kerak. 

Elektr simlari shift karkasi fazosiga joylashtirish paytida, ularning karkasning oʻtkir qirrali chetlari yoki gipskarton qoplamalarni mahkamlayotganda burama mixlar bilan shikastlanishini bartaraf etish lozim (ГКЛ). 

Butun tavsif

KNAUF S 111 komplekt tizimi – bir qatorli metall karkasda gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) bir sath qilib qoplangan pardevorlarni hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallar majmuasidir. 

Gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) elementlab yigʻiladigan pardevorlar yuk koʻtaruvchi konstruksiya hisoblanmaydi. 

Pardevorning asosiy qurilish elementlari: 

  • gipskarton KNAUF-qoplama (GKQ); 
  • yoʻnaltiruvchi Psh va ustun PY metall profillari. 

Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing. 

Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari: 

  • bir sathli gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) ikkala tomoni qoplangan metall profil karkasdan yasaladi. 
  • karkas perimetr boʻyicha qurilish konstruksiyalariga mahkamlanadi va oʻz navbatida karkasga mahkamlanib, mustahkam konstruksiya hosil qiladigan gipskarton qoplamalarning yuk koʻtaruvchi qismi hisoblanadi. 

Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi. 

S 111 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.