P 282

AKVAPANEL® Skaylayt plitalaridan ikki qatorli metall karkasda osma shift

  • Massa 1 kv. m.–  13 kg atrofida.
  • karkasni tayanch shiftga mahkamlash nuqtalari orasidagi maksimal masofa– 750 mm;
  • Yuk koʻtaruvchi profillar oʻqi oʻrtasidagi maksimal masofa - 300 mm;
  • Yuk koʻtaruvchi profillar oʻqi oʻrtasidagi maksimal masofa - 1000 mm.

Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni:

  • (1) AKVAPANEL® Skaylayt sement plitasi - 1,0 m2;
  • (2) KNAUF-profil PSh (60×27)- 4,6 pog. m;
  • (3) Profil uzaytirgich-* dona;
  • (4) Ikki sathli tutashtirgich- 4,1 dona;
  • (5) Yigʻmada nonius-osma (Toʻgʻri osma- 1,8 dona;
  • (6) AKVAPANEL® plitalari uchun SN burama mixi 25 - 25 dona;
  • (7) Ankerli element- 1,8 dona;
  • (8**) LN 9 burama mixi (toʻgʻri osmada)- 2,6 dona;
  • (9) AKVAPANEL® oʻzaklovchi tasma - 2,1 pog.m.;
  • (10) Choklar uchun shpaklyovka - 0,7 kg;
  • (11) Ajratuvchi tasma-*** pog.m.;
  • (12**) Tutashgan joylarni toʻldirish uchun qotmaydigan germetik-* dona;
  • (13**) Mineral paxtali KNAUF Insuleyshn tovush izolyatsiyasi-* m2.

*  Buyurtmachi ehtiyojiga qarab.

** Rasmda pozitsiya aks etmagan.<

***   Miqdori bino perimetriga mos keladi.

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan.

Roʻyxatda yuzani galdagi qayta ishlash uchun zarur materiallar (gruntovkalar, toʻrlar) keltirilmagan. Ularning sarfi keyingi pardozlashga bogʻliq.

Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • P 282 komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasi, yaʼni nam va shilta holatda koʻp ishlatiladigan xonalarda osma shift barpo etish ishlarini yanada toʻgʻri, sifatli va tejamkor tarzda bajarish imkonini beradi.
  • Darz ketmasdan va uvoqlanmasdan namlikka yaxshi chidamliligi bilan farqlanadi.
  • Shiftni uzoq vaqt quritishga hojat qoldirmaydi.
  • Mehnat unumdorligi sezilarli darajada oshadi.
  • Bino konstruksiyasini yengillashtirish va tez montaj qilish hisobiga qurilishga ketadigan umumiy xarajatlar qisqaradi.
  • Tayyor shiftning pardozlangan yuzalari yuqori sifat darajasiga ega.
  • Maxsus asbob ishlatilishi talab etilmaydi.

Qoʻllanilishi

Nam va shilta holda ishlatiladigan xonalar, har xil vazifa uchun moʻljallangan binolarni pardozlash uchun ham qayta tiklash, ham qurilish vaqtida ishlatiladi.

Namlik yuqori xonalarda ishlatish tavsiya etiladi, xususan:

  • Xususiy va jamoat sektorlarida basseyn atroflarida;
  • Oshxona va kundalik nam tozalash ishlari bajariladigan joylarda;
  • dushxonalarda;
  • yuvgichlarda;
  • Kir yuvish xizmatlarida;
  • Garaj va yertoʻlalarda.

Montaj jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi.

  • Osma shiftning loyihaviy holatini belgilash;
  • Karkasni yigʻish va mahkamlash;
  • Loyihaning belgilangan joyiga AKVAPANEL®Ichki sement plitasini oʻrnatish;<
  • AKVAPANEL®Ichki sement plitalari orasida yoriqlar va vintlarni qotirish joylarini shpaklyovkalash;
  • Boʻyashdan yoki bezak qoplamani qoʻllashdan oldin osma shiftning butun yuzasini gruntlash va yupqa qilib shpaklyovkalash.

Tavsiyalar:

  • Osma shift montajini pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin,  barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Shu bilan birga, xonadagi harorat +10°C dan past boʻlmasligi kerak.
  • Oshxona, yuvgich, basseyn, saunalar yoki laboratoriyalar  atroflaridagi joylar kabi namlik taʼsiri uzluksiz boʻlgan xonalarda korroziyadan himoyalangan poʻlat profilni ishlatish zarur.
  • P 282 tayyor shiftining yuzasini shpaklyovkalash bir xil haroratda va havo namligida amalga oshirilishi kerak.
  • P 282 osma shiftini AKVAPANEL®Ichki sement plitalari yordamida montaj qilish paytida deformatsion choklarni 15 m oraliq bilan, hamda binolarning deformatsiyaga uchragan choklarining oʻrnida oʻrnatish kerak.
  • P 282 osma shiftining berkitmasiga yuklarni qotirish uchun qisqichli dyubellarni ishlatish tavsiya etiladi.

Batafsil maʼlumot bilan “Yuklab olish” boʻlimida tanishing.

Butun tavsif

Batafsil maʼlumot uchun www.aquapanel.ru saytidagi “Komplekt tizimlar” boʻlimiga qarang.

KNAUF P 282 komplekt tizimi – ikki qatorli metall karkasda osma shift hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir.

Tayyor boʻlgan shift konstruksiyasi binoning yuk koʻtaruvchi elementi hisoblanmaydi, navbatdagi pardozlash ishi uchun tayyor choksiz silliq yuzaga ega.