Diqqat! Sayt yangilanmoqda. Saytning ayrim boʻlimlari vaqtinchalik aks etmasligi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

KNAUF gipskarton qoplamalarining yangi standartiga o'tmoqda

973x352_gost.1766e6b1e035eaf95827e94850bcf14b463.jpg

2021-yil 1-martdan boshlab KNAUF gips qoplamalari yangi standartlar boʻyicha ishlab chiqariladi: nomlari oʻzgartiriladi hamda turlari (assortimenti) kengaytiriladi.

19-fevral, Buxoro sh. — 2021-yil 1-martdan boshlab KNAUF MDH davlatlari hududida amal qiladigan yangi xalqaro 32614–2012 (EN 520:2009) standartiga oʻtadi.

Yangi standartning xususiyatlari:

  • - Shartli belgilar oʻzgartiriladi. Shunda “gipskarton qoplamasi” atamasining oʻrniga “gips plitasi” atamasi ishlatiladi;
  • - Assortiment gips plitalarining 4 ta turidan 8 ta turigacha kengayadi;
  • - Yevropa standarti talablari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan;
  • - Olovga, namga va zarbga chidamlilik masalalarini samarali hal etish uchun plitalarning bir necha xususiyatlarini uygʻunlashtirish imkonini beradi.

  

Oʻzbekistonning EN 520:2009 standartiga oʻtishi bozor talablaridan kelib chiqqan. Oʻzbekistonda qurilish sohasi yangi darajaga chiqmoqda. Shu bilan birga, quruq qurilish jihozlarining yuqori olovbardoshligi, tovush oʻtkazmasligi, mustahkamligi va nam tortmasligini taʼminlovchi materiallarga ehtiyoj ortib bormoqda.

Gips plitalarining yangi turlari:

  1. 1. E turi past suv tortuvchanlik va minimal darajada bugʻ oʻtkazish xususiyatiga ega. Tashqi devor qismlarini qoplash uchun ishlatiladi;
  2. 2. P turi yuza tomoniga gips suvogʻini surish va boshqa materiallarni yopishtirish imkonini beradi;
  3. 3. R turi uzunasiga va koʻndalang yoʻnalishlardagi egilishlarda yuqori mustahkamlikni talab etadigan yechimlarda qoʻllaniladi;
  4. 4. I turi yuzaning oʻta qattiq holatda boʻlishi zarur boʻlganda ishlatiladi.

KNAUF oʻz sohasida yangilangan 32614–2012 (EN 520:2009) standartlariga oʻtgan Oʻzbekistondagi birinchi kompaniya boʻladi.

 

KNAUF kompaniyasi haqida:

KNAUF - oilaviy biznes tamoyillariga asoslangan va global miqyosda faoliyat yuritishiga qaramasdan, ushbu qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan xalqaro kompaniyadir. Bugungi kunda KNAUF xalqaro guruhi qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 1993-yilda KNAUFning Rossiyadagi investitsiya faoliyati boshlandi, keyinchalik Ukraina, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Gruziyada korxonalar sotib olina va tashkil etila boshlandi. Marketing faoliyati MDH ning deyarli barcha mamlakatlari, Gruziya va Moʻgʻulistonda davom etdi. MDH mamlakatlaridagi KNAUF korxonalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, yagona ishlab chiqarish mezonlari asosida yuqori sifatli qurilish materiallari ishlab chiqaradilar.

Oʻzbekiston, MDH mamlakatlari va dunyodagi KNAUF guruhi haqidagi batafsil maʼlumotni quyidagi veb-saytlardan topishingiz mumkin: www.knauf.uz, www.knauf.ru, www.knauf.com.