Koronavirus infeksiyasi tarqalishi oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida

zavod.1766e6b1e035eaf95827e94850bcf14b368.jpg

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida

Hurmatli mijozlar va hamkorlar!

Sharqiy Evropa va MDH KNAUF guruhida odamlar sog’lig’ini himoya qilish va Covid-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarning muhimligini va zaruriyatini to’liq darajada anglaydilar.

Biz o’z tomonimizdan imkoniyatimiz darajasida kasallik yuqtirish xavfini kamaytirish va Siz odatlangan hamkorlik darajasini saqlab qolish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishimizga Sizni ishontirishimiz muhim deb hisoblaymiz.

Mahalliy va markaziy hukumat organlari tomonidan korxonalarimizga qo’yilayotgan talablar va chora-tadbirlarga rioya qilmoqdamiz. Mijozlarimiz, hamkorlarimiz va xodimlarimizni koronavirus yuqishidan himoya qilishga doir tadbirlar o’tkazmoqdamiz va qo’shimcha choralar ko’rmoqdamiz. Joylarda taklif etilayotgan kasallik yuqtirish xavfi ehtimolini kamaytirish bo’yicha eng yaxshi tashabbuslarni qo’llab-quvvatlaymiz.

13 martdan e’tiboran va alohida qaror qabul qilingunga qadar mamlakat ichida KNAUF kompaniyasi xodimlarining xizmat safarlari mijozlarimizga KNAUF kompaniyasida qabul qilingan sifat darajasida xizmat ko’rsatilishini davom ettirish uchun zarur hollarda amalga oshirilmoqda.

Kompaniya ichida ko’p sonli ishtirokchilar bilan uchrashuvlar bekor qilinmoqda yoki boshqa vaqtga ko’chirilmoqda, shuningdek KNAUF xodimlarining kompaniyadan tashqarida ko’p kishilik tadbirlardagi ishtiroki juda nomaqbul hisoblanmoqda. Har qanday muzokaralar, shu jumladan ko’p tomonlama muzokaralar zamonaviy aloqa vositalari qo’llanilgan holda masofadan turib o’tkazilishini tavsiya etamiz.

KNAUF nafaqat biz bozorga taklif qilayotgan mahsulotlar va tizimlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish yuzasidan, balki boshqaruv jarayonlarini tuzish hamda ishlab chiqarishni, mahsulot sotilishini va mijozlarga xizmat ko’rsatilishini tashkillashtirish yuzasidan ham har doim innovasion kompaniya bo’lib kelgan. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari barcha hamkorlarimiz uchun kompaniya bilan o’zaro hamkorlikning yuqori standartlarini saqlab qolishimizga yordam berishi kerak.

KNAUF xalqaro guruhida eng samarali choralarni belgilash va joriy qilish uchun Global krizis shtabi tuzilgan bo’lib, uning maqsadi kompaniya faoliyat yuritayotgan barcha regionlarda Covid-19 tarqalishidan himoya qilish bo’yicha kelgusi amaliy choralarning tezkor qo’llanilishini ta’minlashdan iborat. Har bir regional guruhda, shu jumladan Sharqiy Evropa va MDH KNAUF guruhida mahalliy shtab tashkil etilgan. Sizning sog’lig’ingiz va xodimlarimiz sog’lig’i – KNAUF kompaniyasi uchun eng katta boylik.

Ushbu murakkab vaqtda o’z qadriyatlarimiz: odamgarchilik, ishga sodiqlik, hamkorlik va tadbirkorlik asosida mustahkam turganligimizga ishonchimiz komil.  

O’z sog’lig’ingizni va yaqinlaringiz sog’lig’ini avaylang!