Diqqat! Sayt yangilanmoqda. Saytning ayrim boʻlimlari vaqtinchalik aks etmasligi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

KNAUFDAN YANGI YIL KAYFIYATI

Yangi-yil-KNAUF-bilan-_973x352_.1766e6b1e035eaf95827e94850bcf14b457.jpg

Yangi yil — koʻpchilik hush koʻruvchi bayram. Bunda oila retsepti boʻyicha tayyorlangan mazali olivye salati, bezatilgan koʻchalar boʻylab kechki sayllar, sovgʻalar qogʻozlarining yoqimli shiqillashi mujassam. Va eng muhimi - ushbu iliq (sovuq boʻlishiga qaramay) davr toʻgʻrisidagi hissiy xotiralardir.

Oʻzbekistonda KNAUF kompaniyasi siz uchun, butun bayram oldi haftasi davomida ajoyib kayfiyat va ijobiy tuygʻular taqdim etuvchi 5ta tadbir tayyorlab qoʻygan.

1. KNAUFning maxsus fotohududlarida esdalik uchun suratga tushing.

Yangi yilga bag’ishlangan o’ziga xos fotohududlari sizni Toshkent shahridagi Samarqand Darvoza, Atlas “Chimgan”, Riviera hamda Buxoro shahridagi “Minor” koʻngilochar savdo markazlarida, dekabr oyining 21 sanasidan 29 sanasigacha kutmoqda. Hayotning bu baxtli lahzalarini hotirlab qolish uchun oilangiz bilan keling va doʻstlaringizni chaqiring.

2. KNAUF fototanlovida ishtirok eting.

Sovrin – qiymati 1 mln. soʻmlik Makro supermarketlari tarmogʻining sertifikatlari.
Shartlar oson: KNAUF fotohududlarida suratga tushing va suratni quyidagi xeshteglarning biri  bilan Facebook yoki Instagramda joylashtiring: #knauf_darvoza, #knauf_atlas, #knauf_riviera yoki #knauf_minor.  Har bir koʻngilochar savdo markazida randomayzer yordamida bittadan gʻolibni aniqlab olamiz. Sertifikatlar @knaufuz Instagram-sahifasida, jonli efirda oʻynaladi. Jonli efirdagi tadbirlarning namoyishlari kompaniyaning sahifasiga joylashtiriladi.

Makro supermarketlari sertifikatlarini 30-dekabr kuni @knaufuz Instagram-sahifasida jonli efirda ynaymiz



3. Knauf.uz saytida shaxsiy elektron tabriknomani yasang.

Did bilan bezatilgan shaxsiy tabriknoma olish har doim yoqimlidir. KNAUF dizaynerlari sizga, yaqinlaringiz, doʻstlaringiz va hamkasblaringizni noanʼanaviy uslubda tabriklashingiz uchun maxsus shablon yaratdilar. Ularga bunday eʼtiboringiz belgisi albatta yoqadi!

Tabriknomani ikki til - rus va o’zbek tillarida yasash mumkin, so’ng  Facebook orqali bo’lishib, telefoningizga saqlab qo’ying va Telegram, WhatsApp yoki elektron pochtangiz orqali yuboring.

4. Bolalaringizni bepul mahorat saboqlariga olib keling.

Bolalarni koʻngilochar savdo markazlaridagi KNAUF fotohududlari oldida kutib qolamiz. KNAUF-listlaridan ishlangan dekorativ archalar va gips shaklchalarni buyaymiz va bezatamiz!

Mahorat saboqlari dekabr oyining 21 sanasidan 29 sanasiga qadar har kuni oʻtkaziladi.

Vaqti: 14:00dan 16:00gacha hamda 17:00dan 19:00gacha.

5. KNAUF ADVENTUZ tanlovida ishtirok eting va gʻoliblikni qoʻlga kiriting.

24-dekabrgacha har kuni, shu jumladan 24-dekabr kuni ham, yangi sovrin oʻynaladi. @knaufuz Instagram-sahifasida roʻyxatdan oʻting va bayram kayfiyatidan mamnun boʻling.

Yangi yil bayrami siz uchun quvonchli, yaxshi voqealarga va ijobiy tuygʻularga boy boʻlsin!