Diqqat! Sayt yangilanmoqda. Saytning ayrim boʻlimlari vaqtinchalik aks etmasligi mumkin.
Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

KNAUF nomidan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar jarimaga tortildi

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk departamenti intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi kurashda davom etmoqda.

Intellektual mulk departamenti (IMD) tomonidan o‘kazilgan tekshiruv chog’ida “Best knauf” MChJ va “SDK KNAUF GROUP” MChJ tomonidan o‘zganing tovar belgisidan noqonuniy foydalanilganligini qayd etdi. “KNAUF GIPS BUXORO” MChJ XKsi “KNAUF” tovar belgisidan O’zbekiston hududida foydalanish huquqiga ega bo’lgan yagona korxona hisoblanadi.

— KNAUF - butun dunyoda qadrlanadigan xalqaro brenddir. Korxonada nemis texnologiyalari asosida quruq gips aralashmalari va gips plitalar ishlab chiqariladi, yuqori texnologiyali, qimmatbaho komponentlardan foydalaniladi va mahsulotlarining sifati kafolatlanadi. KNAUF savdo belgisidan noqonuniy foydalanish xaridorlarning chalg‘ishiga olib keladi, intellektual mulk huquqlarini buzadi va vijdonsizlikka asoslangan raqobatni yuzaga keltiradi.

Biz tadbirkorlardan bizning tovar belgisidan foydalanmasliklarini so'raymiz - o'z brendingizni rivojlantiring. Bu xaridorlarga nisbatan adolatli bo'ladi. Ular qaysi ishlab chiqaruvchini tanlashni o'zlari hal qilishlari lozim. O‘z navbatida, biz intellektual mulk huquqlarining buzilishi holatlarini aniqlashda va IMD bilan birgalikda ularga qarshi kurashishda davom etamiz”, — dedi KNAUF ning O‘zbekistondagi korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko.

IMD xodimlari ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzib, hujjatlarni tuman sudlariga topshirdilar. Sudlar “Best knauf” MChJ va “SDK KNAUF GROUP” MCHJ larni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasini buzganlikda aybdor deb topib, korxona rahbarlariga jarima soldi. Shuningdek, tadbirkorlar O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq o‘z firmalarining nomlarini o‘zgartirishi shart.

Ma’lumot uchun: 2022-yil fevral oyida O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev katta miqdordagi jarimalarni joriy etuvchi qonunni imzoladi.

“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunning 331-moddasiga asosan mahsulot yoki buyumni o‘zboshimchalik bilan tayyorlash, ishlatish, sotish yoki saqlash bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha (30 million so‘mdan 60 million so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.