S 113 pardevori

Bir qatorli metall karkasdan uch sathli KNAUF-qoplamalar bilan qoplangan pardevor.

  • 1 kv. metr uchun massasi –  78 kg atrofida; 
  • pardevorning maksimal balandligi – maksimal 9,5 m*; 
  • pardevor qalinligi – maks 175 mm; 
  • tovush izolyatsiyasi indeksi, Rw – 56 dB; 
  • olovbardoshlilik chegarasi: – EI 240 (KNAUF-qoplama GQP-DF qoʻllanganda). 

* Karkas profillari o`lchamidan va ustunlar qadamidan kelib chiqqan holda. 

Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni: 

  • (1) KNAUF-qoplama (GQP-A, GQP-H2, GQP-DF) 12,5 mm - 6,0 m²; 
  • (2) KNAUF-profil PY 100×40 - 0,7 pog. m; 
  • (3 KNAUF- profil 100×50 - 2,0 pog. m; 
  • (4) “Akusticheskaya peregorodka” (“AkustiKNAUF”) mineral tovush izolyatsiyasi - 1,0 m²; 
  • (5а) Burama mix TN 25 (KNAUF-qoplamalarning birinchi qatlami uchun) 13 dona [14] 
  • (5b) Burama mix TN 35 KNAUF-qoplamalarning ikkinchi qatlami uchun) - 21 [22] dona; 
  • (5в) Burama mix TN 55 (KNAUF-qoplamalarning uchinchi qatlami uchun) - 29 [30] dona; 
  • (6) KNAUF-Fugen shpaklyovkasi - 1,4 [2,0] kg; 
  • (7) Oʻzaklovchi tasma- 1,5 [2,2] pog. m; 
  • (8) Dyubel mix-  6×40 - 1,6 dona; 
  • (9) Zichlovchi tasma - 1,2 pog. m; 
  • (10*) KNAUF-Tifengrund gruntovkasi - 0,2 l; 
  • (11*) KNAUF- profil BH  - ** dona; 
  • (12*) Ajratuvchi tasma - ** pog. m.; 

* Rasmda pozitsiya aks etmagan. 

**  Buyurtmachi ehtiyojiga qarab. 

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan 

[ ] Qavslarda pardevor balandligi gips qurilish plitasi uzunligidan katta boʻlgan holatlarga doir qiymatlar keltirilgan. 

Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • S 113 komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasi, yaʼni toʻsuvchi konstruksiyani yaratish ishlarini yanada toʻgʻri, sifatli va tejamkor tarzda bajarish imkonini beradi. 
  • Pardevorni yaratish paytida nam sharoitda bajarilishi zarur boʻlgan har qanday noqulay jarayonlar toʻxtatilishi lozim. 
  • mehnat unumdorligi sezilarli darajada oshadi. 
  • Bino konstruksiyasini yengillashtirish hisobiga qurilishga ketadigan umumiy xarajatlar qisqaradi. 
  • Yuzaga qoʻshimcha olovbardoshlilik xususiyatini beradi. 
  • Cheksiz tasavvurdagi va turfa variantdagi arxitektura yechimlarini amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. 
  • Tayyor pardevorning pardozlanadigan yuzalari yuqori sifat darajasiga ega. 
  • C 113 pardevorining yuzasi har qanday pardozlash ishlariga, xususan boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish, bezakli suvoqqa yaroqli. 
  • Xonaning issiqlik va tovushni izolyatsiyalovchi xususiyatlari yaxshilanadi. Faqatgina ekologik tozalik taʼminlanibgina qolmay, xona inson uchun ijobiy mikroiqlim ham yaratiladi. Komplekt tizimining asosiy materiali gipskarton KNAUF-qoplama oʻzidan havo oʻtkazib, ortiqcha namlikni shimib, tanqislikda uni tashqi muhitga chiqarish xususiyatiga ega. 

Qoʻllanilishi

Qoʻllanish sohasi

Barcha olovbardoshlilik darajalaridagi va istalgan hududlarda, xususan seysmik joylardan quriladigan turar-joy, fuqaro va sanoat binolarida SNiP 23-02-2003 bo’yicha quruq va normal rejimdagi xonalarda ichki to’suvchi konstruksiya sifatida ishlatish tavsiya etiladi; 

Ham rekonstruksiya, ham yangi qurilishda qoʻllanadi. 

Yongʻindan himoyasiga oid maxsus yuqori talablar qoʻyilganda qoʻllash tavsiya etiladi. 

Issiqlik, tovush va yongʻinga qarshi izolyatsiya talablari mavjud boʻlganda, gipskarton qoplamalar orasidagi pardevor boʻshligʻi mineral toladan iborat izolyatsiyalovchi material bilan toʻldiriladi. 

Sirti keyinchalik yakuniy pardozlash, masalan, gulqog`oz yopishtirish, boʻyash, plita bilan qoplash va boshqalar uchun moʻljallangan. 

  • Pardevorning loyiha boʻyicha pol, shift va tayanch devorlardagi oʻrnini chizish;
  • S 113 pardevori karkasini oʻrnatish;
  • karkas ichida turgʻun uskunani mahkamlash uchun elektr ajratmalari va oʻtkazma detallarni oʻrnatish;
  • karkasning bir tomonida vertikal-moʻljalli gipskarton KNAUF-qoplamalarni (GKQ) oʻrnatish va mahkamlash; 
  • gipskarton KNAUF-qoplamalari (GKQ) orasidagi choklarni toʻldirish;
  • karkasda vertikal-moʻljalli gipskarton KNAUF-qoplamalarning (GKQ) ikkinchi qatlamini oʻrnatish va mahkamlash; 
  • gipskarton KNAUF-qoplamalari (GKQ) orasidagi choklarni toʻldirish;
  • karkasda vertikal-moʻljalli gipskarton KNAUF-qoplamalarning (GKQ) uchinchi qatlamini oʻrnatish va mahkamlash; 
  • gipskarton KNAUF-qoplamalari (GKQ) orasidagi choklarni toʻldirish;
  • loyihada bu koʻzda tutilgan boʻlsa, izolyatsion materialning ustunlari orasidagi boʻshliqda mahkamlash.
  • karkasning boshqa tomonida vertikal-moʻljalli gipskarton KNAUF-qoplamalarni (GKQ) oʻrnatish va mahkamlash; 
  • gipskarton KNAUF-qoplamalari (GKQ) orasidagi choklarni toʻldirish;
  • karkasning boshqa tomonida vertikal-moʻljalli gipskarton KNAUF-qoplamalarning (GKQ) ikkincha qatlamini oʻrnatish va mahkamlash; 
  • gipskarton KNAUF-qoplamalari (GKQ) orasidagi choklarni toʻldirish;
  • karkasning boshqa tomonida vertikal-moʻljalli gipskarton KNAUF-qoplamalarning (GKQ) uchinchi qatlamini oʻrnatish va mahkamlash;
  • gipskarton KNAUF-qoplamalari (GKQ) orasidagi choklarni toʻldirish va yuzani bezakli pardozlash ostidan gruntlash;
  • toza pol toʻshalgandan keyin yuzani bezakli pardozlash. 

Tavsiyalar

Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin,  barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.

Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi, shu bilan birga, devorga suv tikka tushadigan joylarda (hammom) qoplama yuzalarini KNAUF-Flexendixt gidroizolyatsiyasi bilan qoplash lozimligini hisobga olish kerak. 

Elektr simlari shift karkasi fazosiga joylashtirish paytida, ularning karkasning oʻtkir qirrali chetlari yoki gipskarton qoplamalarni mahkamlayotganda burama mixlar bilan shikastlanishini bartaraf etish lozim (ГКЛ). 

Butun tavsif

KNAUF S 113 komplekt tizimi – bir qatorli metall karkasda gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) bir sath qilib qoplangan pardevorlarni hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tezrda tanlangan materiallar majmuasidir. 

Gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) elementlab yigʻiladigan pardevorlar yuk koʻtaruvchi konstruksiya hisoblanmaydi. 

Pardevorning asosiy qurilish elementlari: 

  • gipskarton KNAUF-qoplama (GKQ); 
  • yoʻnaltiruvchi Psh va ustun PY metall profillari. 

Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing. 

Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari: 

  • gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) uch qatlam qilib ikkala tarafidan qoplangan metall profil karkasidan iborat; 
  • к- karkas perimetr boʻyicha qurilish konstruksiyalariga mahkamlanadi va oʻz navbatida karkasga burama mix bilan mahkamlanib, mustahkam konstruksiya hosil qiladigan gipskarton qoplamalarning yuk koʻtaruvchi qismi hisoblanadi. 

Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi. 

S 113 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.