S 132 olovdan himoyalovchi pardevor

Bir qatorli poʻlat karkasda mineral paxta toʻldirilib, bir tomoni ikki qatlam gipskarton qoplamalardan va boshqa tomoni omixta qoplama bilan qoplangan pardevor.

  • 1 kv. metr uchun massasi –  45 kg atrofida; 
  • pardevorning maksimal balandligi – maks 9 m*; 
  • pardevor qalinligi – 100 mm dan 150 mm gacha; 
  • tovush izolyatsiyasi indeksi, Rw – 56 dB; 
  • olovbardoshlilik chegarasi: – EI 90. 

* Karkas profillari o`lchamidan va ustunlar qadamidan kelib chiqqan holda. 

Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni: 

  • (1) KNAUF-Fayerbord plitasi - 1,0 m²; 
  • (2) KNAUF-qoplama (GQP-A, GQP-H2, GQP-DF) 12,5 mm - 3,0 mm;
  • (3) KNAUF-profil PY 50×40 (75×40, 100×40) - 0,7 pog. m; 
  • (4) KNAUF-profil PU 50×50 (75×50, 100×50) - 2,0 pog. m; 
  • (5) KNAUF Insuleyshn Nobasil mineral plitasi - 1,0 m²; 
  • (6) TN 25  burama mixi - 13 14] dona.; 
  • (7) TN 35  burama mixi 29 [30] dona; 
  • (8) KNAUF-Fugen shpaklyovkasi gipskarton qoplamalar uchun - 1,0 [1,5] kg; 
  • (9) KNAUF-Fayerbord plitalari uchun KNAUF-Uniflot shpaklyovkasi - 0,3 kg;
  • (10*) Gipskarton qoplama choklari uchun oʻzaklovchi qogʻoz tasma - 0,75 pog. m 
  • (11) Oʻzaklovchi tasma - 0,75 pog. m; 
  • (12) Dyubel mix 6×40 - 3,0 dona; 
  • (13) Zichlovchi tasma - 1,2 pog. m; 
  • (14*) KNAUF-profil BH - ** dona; 

* Rasmda pozitsiya aks etmagan. 

**  Buyurtmachi ehtiyojiga qarab. 

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan 

[ ] Qavslarda pardevor balandligi gips qurilish plitasi uzunligidan katta boʻlgan holatlarga doir qiymatlar keltirilgan. 
Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • KNAUF-Fayerbord plitasining asosiy vazifasi –  yongʻinning alanga olishiga toʻsqinlik qilib, shu orqali odamlarning koʻchirilishini taʼminlashdir. Bugungi kunda bozorda taqdim etilgan oʻtda yonmas materiallar ichida faqat u alanga bilan kurashda oʻzining samaradorligini isbotlagan. Bundan tashqari, shuni taʼkidlash joizki, KNAUF-Fayerbord mutlaqo xavfsiz ekologik material hisoblanadi. 
  • KNAUF-Fayerbord plitalarining standart yongʻin xavfsizligi sinovlari shartlarida boshqa qoplama gips materiallardan asosiy farqi shundaki, gips oʻzagidan kristallsimon namlik bugʻlangandan keyin materialda yoriq hosil boʻlmaydi va uzoqroq vaqt davomida u vayron boʻlmaydi. 
  • Kuchaytirilgan gips oʻzakdan tashqari, bunga buyumda olovbardosh oʻzaklovchi karkas vazifasini bajaruvchi oʻtda yonmas shishaxolst orqali erishiladi. KNAUF-Fayerbord plitalarining bu xususiyati konstruksiyalarning yanada yuqori olovbardoshliligini taʼminlaydi. 

Qoʻllanilishi

KNAUF-Fayerbord pardevor, devor qoplamalari, poʻlat konstruksiyalarning (ustun va toʻsin) yongʻindan himoyalovchi berkitmalarida va evakuatsiya yoʻlkalaridagi osma shiftlarda, har xil maqsad, qavatlilik va sigʻimlilikka ega turli binolarning zal xonalarida, shuningdek yongʻin xavfsizligiga oid talablarga binoan KM0 yongʻin xavfi sinfidagi yonmaydigan qurilish materiallari ishlatiladigan boshqa qurilish inshootlarida karkas-qoplama konstruksiyalarda olovbardosh qoplama materiali sifatida qoʻllanadi. Talab maʼlumotlari jadvalda keltirilgan. 2003-Yilning 22-iyulida qabul qilingan Rossiya Federatsiyasining N 123-F3-sonli “Yongʻin xavfsizligiga oid talablar toʻgʻrisidagi texnik reglament” nomli Nizomining 28 va 29-ilovalari 

KNAUF-Fayerbord – bu texnik xonalarni, ayniqsa alangalanish xavfi mavjud joylarni: qozonxona, ustaxona, garaj, dudburon oʻrinlari va boshqalarni pardozlash uchun optimal yechim. Bu materialdan yasalgan devorlar yongʻinni bitta xonada tutish va alangani tashqariga chiqarmaslikka xizmat qiladi. 

Yevropa KNAUF-Fayerbord uzoq yillardan buyon ishlatiladi. Uni ofis va savdo markazlaridagi zaxira chiqishlarida, yaʼni evakuatsiya yoʻllari oʻtuvchi joylarda keng qoʻllashadi. Bundan tashqari, uni mavjud devor konstruksiyalariga mahkamlanuvchi qoʻshimcha yonmas qoplama sifatida ham ishlatish mumkin. 

Butun tavsif

KNAUF S 132 komplekt tizimi – bir qatorli metall karkasda gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) ikki sath qilib va bir qatorli poʻlat karkasda KNAUF-Fayerbord plitalari bilan qoplangan pardevorlarni hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tazrda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir. 

Elementlab yigʻiladigan pardevorlar yuk koʻtaruvchi konstruksiya hisoblanmaydi. 

Pardevorning asosiy qurilish elementlari: 

  • KNAUF-Fayerbord plitasi (GKQ); 
  • gipskarton KNAUF-qoplama (GKQ);
  • yoʻnaltiruvchi Psh va ustun PY metall profillari. 

Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing. 

Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari: 

  • pardevor bir tomondan ikki qatlamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQ) va boshqa tomondan omixta material (tashqi qatlami – KNAUF-Fayerbord, ichki qatlami gipskarton KNAUF-qoplamalar) bilan qoplangan po’lat profil karkasdan yasalgan;
  • karkas perimetr bo’yicha qurilish konstruksiyalariga mahkamlanadi va o’z navbatida qattiq konstruksiya hosil qilib, karkasga burama mixlar  bilan mahkamlanadigan gipskarton qoplamalar va plitalar uchun yuk ko’taruvchi qism hisoblanadi;
  • o’tda yonmas qoplama pardevorning faqat bir tomonidan talab etilgandagina omixta qoplama qo’llaniladi. 

Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi. 

S 132 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi. 

Bir qatorli poʻlat karkasda mineral paxta toʻldirilib, bir tomoni ikki qatlam gipskarton qoplamalardan va boshqa tomoni omixta qoplama (tashqi qatlami – KNAUF-Fayerbord, ichki qatlami – gipskarton KNAUF-qoplama) bilan qoplangan pardevor